Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Konte: "Yuventus"dan ketganimga qattiq afsuslanaman"

Konte: "Yuventus"dan ketganimga qattiq afsuslanaman"

Baho:
+ | -

Italiyalik murabbiy Antonio Konte qaysi klubni tark etganidan ko‘proq afsusda ekanligiga javob berdi.

"Xayrlashish? Mening eng katta afsuslanganim jamoadagi uch yillik faoliyatimdan so‘ng "Yuventus"ni tark etishim. Kichik muammolarni katta deb bila boshlaganimda ketishga qaror qildim", - dedi Konte Belve bilan suhbatda.

Massimiliano Allegri jamoani tark etsa, Konte "Yuventus"ga qaytishi mumkinligi avvalroq xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Antonio Kontening so‘nggi ish joyi London "Tottenxem" klubi bo‘lgan. Italiyalik mutaxassis 2021 yildan 2023 yilgacha ingliz klubini boshqargan.

Murabbiylik faoliyati davomida Konte sakkizta chempionlikni qo‘lga kiritdi: beshta “Yuventus” bilan, bitta “Inter” bilan va yana ikkitasida “Chelsi” bilan.

Ayni damda “Yuventus” 17 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 12:20, 20.10.2023.
O'qildi: 1182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик