Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Maksim Shaskix: "Bu futbolchining darajasi jamoamizga mos emas"

Maksim Shaskix: "Bu futbolchining darajasi jamoamizga mos emas"

Baho:
+ | -

Superliga 22-turida o‘z uyida “Turon”ni mag‘lub etgan “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Maksim Shaskix g‘alaba, rotasiya, Saitov va Kushki haqida fikr bildirdi.

“O‘yinni to‘laligicha nazorat qildik va haqqoniy g‘alabaga erishdik. Birinchi taymdayoq o‘yin masalasini hal qilishga yaqin edik. Ikkinchi taymda o‘z o‘yinimizni kuchaytirdik va g‘alabali hisobni mustahkamlay oldik”, - dedi Shatskix.

“Bugungi rotasiya raqib bilan bog‘liq emas. Shunchaki, bunga majbur bo‘ldik deyish mumkin. Mana, so‘nggi rasmiy o‘yin tugagach, ayrim futbolchilarimizni terma jamoalarga qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldik. Futbolchilar robot emas. Ularni terma safidan qaytganlaridan keyin darrov o‘yinlarga qo‘yish unchalik mantiqiy emas. Jismoniy va psixologik holatlari haqida qayg‘urishimiz kerak. Bugungi rotasiya sababi aynan shunda. Qolaversa, jamoada o‘yin amaliyotiga kamroq ega bo‘lgan futbolchilarga imkoniyat berdik”.

“Saitovga har o‘yin avvalida uzoqroqdan zarba berishni uqtiramiz. Har o‘yinda qayta-qayta aytamiz. Bilmadim, balki imkoniyat bo‘lmas. Futbolchilar ham ishni qiyinlashtirishni yaxshi ko‘rishadi. To‘pni darvozaga yaqin masofaga olib borishni, mayda paslar bilan kirib borishga qiziqishadi. Dilshod bilan doim hazillashamiz. U so‘nggi golini aynan “Paxtakor” stadionida “Paxtakor”ga qarshi urgan. Xuddi bugungidek uzoq masofadan. Qani shu zarba deb unga hazil qilamiz”.

“Eronlik futbolchi Kushkini jamoamizda boshqa ko‘rmasak kerak. Uni tavsiya qilgan insonlarga ishongan edik. Ammo, hozircha bizning darajamizga mos emas. Uni jamoani kuchaytirish uchun taklif etgan edik. Legioner maqomida kelgan futbolchi jamoani kuchaytirishi kerak. Ammo, uni jamoa darajasiga mos emas deyish mumkin. Doim ham taklif etilgan legioner ishonchni oqlamasligi mumkin”.

“Yozda jamoa safiga kelib qo‘shilgan boshqa xorijliklar haqida ham shunday deyish mumkin. Ularning darajalari bizga unchalik to‘g‘ri kelmayapti. Ayrimlari yosh, ayrimlariga vaqt kerak. Kimi Merkning pasporti ikkita, qolaversa osiyolik. Limitga to‘g‘ri kelgani uchun oldik. Kelajakda yordab berishi mumkin degan faktor bilan taklif etdik. Stinvorden bizga yordam berayapti. Umuman, agar legioner kelsa, albatta maydonga tushishi kerak degan g‘alati stereotip mavjud. Bu noto‘g‘ri. Ular kuchli ekanini isbotlashi talab etiladi”

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 05:54, 21.10.2023.
O'qildi: 1753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик