"Arsenal" himoyachisi Ben Uayt klubdagi faoliyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Kanonirlar" rahbariyati joriy mavsumda bir necha bor xabar qilinganidek, 26 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash niyatida. Angliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
“Albatta, men bunga ochiqman. “Arsenal”da imkon qadar uzoqroq qolishni istayman. Maqsadim eng yuqori saviyada o‘ynashda davom etish va “Arsenal”ni bo‘lishi kerak bo‘lgan joyiga qaytarish”, dedi futbolchi Sky Sports nashriga.
Ben Uayt 2021 yildan boshlab londonliklar sharafini himoya qiladi. Joriy mavsumda futbolchi 12 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.