Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

"Navbahor"ning OCHLdagi navbatdagi raqibi "Nassaji Mazandaran" haqida

"Navbahor"ning OCHLdagi navbatdagi raqibi "Nassaji Mazandaran" haqida

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, "Navbahor" Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) “D” guruhi, 3-turidan o‘rin olgan bahsni o‘z maydonida Eronning “Nassaji Mazandaran” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Namanganliklarning bo‘lajak raqibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

“Nassaji Mazandaran” Mazandaran provinsiyasidagi Kaemshahr shahri sharafini himoya qiladi va jamoaga 1959 yili Nassaji Mazandaran Company to‘qimachilik kompaniyasi tomonidan asos solingan. Nassaji so‘zi fors tilidan tarjima qilinganida, “to‘qimachi” degan ma’noni bildiradi. Jamoaning to‘liq nomi tarjima qilinsa, “Mazandaran to‘qimachisi”, degan so‘z kelib chiqadi va bu jamoaning laqabiga ham aylangan.

Yuqoridagi so‘zdan tashqari, jamoani yana “Mazandaran yo‘lbarslari”, mazandaranliklar deb ham atashadi.

Jamoa 1988 yilgacha Eronning hududiy, ko‘proq havaskorlar ligasida  qatnashgan. 1989/1990 yillar mavsumida Eronning “Kods” ligasida 3-o‘rinni egallab, Eron 2-divizioniga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Ikkinchi diviziondagi ilk mavsumdayoq 3-o‘rinni egallagan mazandaranliklar keyingi mavsumdan boshlab, o‘sha paytda Eron oliy ligasi sanaluvchi Azadegan ligasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishadi.

“Nassaji Mazandaran” 2006/2007 yillar mavsumiga qadar, goh Azadegan, goh 2-divizion ligalarida ishtirok etadi hamda 2006/2007 yillar mavsumidan to 2017/2018  yillar mavsumigacha Azadegan ligasida muntazam tarzda qatnashib, 2017/2018  yillar mavsumi yakuniga ko‘ra, 2-o‘rinni egallab, o‘z tarixida ilk marta Eron oliy futbol ligasi sanaluvchi Fors ko‘rfazi Pro-ligasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi va o‘shandan buyon ushbu ligada ishtirok etmoqda. 

"Nassaji" o‘tgan mavsumda Fors ko‘rfazi Pro-ligasida 16 ta jamoa orasida 13-o‘rinni egalladi.

OCHL yo‘llanmasini esa 2021/2022 yillar mavsumining Eron kubogi sohibi sifatida qo‘lga kiritgan.    

Ayni paytda “Nassaji Mazandaran” tarkibida  1 nafar legioner, ispaniyalik 30 yoshli yarim himoyachi Nono o‘ynamoqda.

Jamoani bosh murabbiy sifatida Said Mehdi Rahmati boshqarmoqda.                  

“Nassaji Mazandaran” o‘z uy uchrashuvlarini 15 000 (o‘n besh ming) nafar muxlisga mo‘ljallangan “Vatani” stadionida o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Nassaji Mazandaran” uchrashuvi 23 oktyabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 21:00 da start oladi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 14:16, 21.10.2023.
O'qildi: 1191 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик