Antuan Grizmann «Selta Vigo»ga qarshi o‘yinda sehr ko‘rsatdi - u xet-trik qayd etdi va «Atletiko»ga qatorasiga oltinchi g‘alabani keltirdi.
Bitta gol penaltidan, ikkitasi esa maydondan kiritildi - Grizmann mana shunday tarzda xet-trikka erishdi
«Selta» bir soatdan ko‘proq vaqt davomida ozchilikda o‘ynadi: darvozabon Ivan Vilyar qo‘lidan to‘pni tushirib yubordi va Alvaro Morataga qarshi xavfli o‘ynagani uchun qizil kartochka oldi. Hakam penalti belgiladi va bu Grizmanning xet-trigi boshlanishi uchun debocha edi.
Ikkinchi bo‘limda fransuz o‘yindan gol urdi. U maydon markazida ikki kishidan uzoqlashib, jarima maydonchasiga yorib kirdi, to‘pni uzatmoqchi bo‘ldi, biroq kichik dribling ishlatib kiperni chalg‘itdi va natijada yaqin burchakka zarba berdi. «Selta»ning zaxira darvozaboni Visente Guaita buni kutmagandi.
70-daqiqada Grizmann o‘yinga nuqta qo‘ydi: u Molinyaning uzatmasiga ajoyib javob qaytardi. Natijada «Atletiko» 3:0 hisobida g‘alaba qozondi, bu g‘alaba butunlay Antuan nomi bilan atalsa ajab emas.
Grizmann La Liganing 2023 yildagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. «Atletiko»ning asosiy afsonalariga yaqinlashdi.
● Bu «Atletiko»ning 2018 yildan beri birinchi xet-triki. O‘shanda Grizmanning o‘zi «Leganes» darvozasiga uchta gol urgan edi!
● Grizmann - 2023 yilda La Liganing eng yaxshi to‘purari (17 ta gol). Uning ortida Robert Levandovski (15 ta gol), uchinchi o‘rinni esa avvaliga «Espanyol»da, endi esa «Real»da (13) gol urgan Xoselu egallagan. Antuan gollar va golli uzatmalar soni bo‘yicha ham yetakchilik qilmoqda - 30.
● Umumiy hisobda Grizmann «Atletiko» uchun rasmiy o‘yinlarda 162 ta gol urgan. Faqat Adrian Eskudero (169) va Luis Aragones (172) undan ko‘proq natija qayd etdi. Eng zo‘r bo‘lish uchun unda barcha imkoniyatlar mavjud.
La Ligada Antuan madridliklar safida 116 ta gol urdi. Ushbu reyting peshqadami Eskudero hisobida 34 ta gol bor.
«Atletiko» hozirda La Ligada ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Real» uch ochko oldinda, lekin ko‘proq o‘yin o‘tkazdi. Raqobatchining navbatdagi «klasiko»si bor, ya’ni Grizmann va Diyego Simeone jamoasi umuman oldinga sakrash imkoniyatiga ega, ularga «Alaves» ustidan g‘alaba kifoya bo‘ladi.