Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Fakt. Xavi murabbiylik faoliyatida «Atletik»ka yutqazmagan

Fakt. Xavi murabbiylik faoliyatida «Atletik»ka yutqazmagan

Baho:
+ | -

«Barselona» bugun tunda «Atletik»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Xavi ushbu o‘yinga bir qator muhim o‘yinchilar bilan chiqadi, «Atletik» hamon «Barselona»ning eng qulay raqiblaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Quyida ushbu o‘yinga oid qiziqarli faktlar va statistikalarni taqdim etamiz. 

Ajablanarli uy rekordi

«Barselona» La Ligada «Atletik»ga qarshi so‘nggi o‘n to‘qqizta o‘yinda 18 ta g‘alaba qayd etdi va atigi bir o‘yinda durang o‘ynadi va bu o‘yinlarda mumkin bo‘lgan 57 ochkodan 55 ochko to‘pladi.

«Barselona» 22 yildan beri Bilbaoga o‘z uyida mag‘lub bo‘lmayapti va oxirgi marta «Atletik» 2001 yilning noyabrida «Kamp Nou»da g‘alaba qozongan. Umuman olganda, «Barselona» uy va safar o‘yinlarini hisoblaganda mumkin bo‘lgan 63 ochkodan 57 ochko to‘plagan.

«Barselona»ning sevimli «qurboni»

«Atletik» klubi ham «Barselona»ga qarshi eng ko‘p gol o‘tkazgan jamoa bo‘lib, ular kataloniyaliklarga qarshi 351 ta gol o‘tkazib yuborgan yagona klub bo‘lib qolmoqda. «Barselona» so‘nggi 51 uchrashuvdan faqat 3 bahsda gol ura olmadi.

Xavi «Atletik»ga mag‘lub bo‘lmagan

«Barselona» Xavi bosh murabbiy etib tayinlanganidan buyon hech qanday musobaqada Bilbaoga yutqazmagan. Uning vaqtida kataloniyaliklar 9 ta gol urdi va buning evaziga gol o‘tkazib yubormadi. Biroq, Xavi va Ernesto Valverde bor-yo‘g‘i ikki marta to‘qnash kelishgan.

Valverdening «Barselona»ga qarshi rekordi

Valverde bir muncha vaqtdan beri La Ligada murabbiylik qilmoqda, ammo uning g‘alaba qozonish bo‘yicha eng past ko‘rsatkichi kataloniyaliklarga to‘g‘ri keladi, chunki u «ko‘k-anorranglilar»ga qarshi o‘yinlarning atigi 10 foizida g‘alaba qozongan.

Martinesning Bilbaoga urgan gollari

Inigo Martines bugun kechqurun sobiq jamoasiga qarshi o‘ynashi mumkin, ammo u «Atletik»da o‘ynagan payti «Barselona» uning faoliyatida eng ko‘p to‘qnash kelgan raqib edi.

Biroq, u bundan oldin «Real Sosyedad» safida o‘ynaganida «Atletik» darvozasiga ikkita gol urgan va bugun kechqurun bu ko‘rsatkichni oshira oladimi, buni ko‘rib olamiz.

Kiritildi: 15:42, 22.10.2023.
O'qildi: 1687 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.