Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Mehdi Rahmati: “Muxlislar “Navbahor”ni juda yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi”

Mehdi Rahmati: “Muxlislar “Navbahor”ni juda yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi”

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasi, 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” - “Nassaji Mazandaran” (2:1) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida eronliklar ustozi Mehdi Rahmati qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

- Futbolchilarimni bugungi ajoyib o‘yin bilan tabriklayman. Birinchi bo‘limda rejalarimiz amalga oshdi va birinchi 45 daqiqalikni g‘alaba bilan yakunladik. Ikkinchi bo‘limda xatoliklar yuz bera boshladi. Hakamning o‘yindan tashqari holatni aniqlashdagi kichik xatosi evaziga futbolchimizga qizil kartochka ko‘rsatildi. Shunday bo‘lsada, jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, ulardan minnatdorman. Mazkur bellashuvdagi mag‘lubiyatimiz kechiktirilgan ofsayd sababli ro‘y berdi.

Ushbu bahsda muxlislarning hakamga qilgan bosimi hisobiga referi ko‘p marotaba xatoga yo‘l qo‘ydi. Hakamning xatosi sababli, qizil kartochka oldik va o‘sha chetlatishdan so‘ng, o‘yin butkul o‘zgarib ketdi. Qizil kartochka sababli, majburiy o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Jarohati bor o‘yinchilarimizni ham maydonga tushirishga to‘g‘ri keldi. Agar hakam qizil kartochka bermaganida, ikkinchi golni urib, bahsni g‘alaba bilan yakunlar edik.

Bugungi o‘yindagi natija faoliyatimdagi eng og‘iri. Qizil kartochkani haligacha hazm qila olmayapman. Ofsayd aniqlanganidan so‘ng, hakamlar VARni ko‘rib, futbolchimizni maydondan chetlatdi. Lekin yigitlar oxirigacha kurashishdi, ularga rahmat aytaman.

- Namangan haqidagi taassurotlaringiz va muxlislar yaratgan atmosfera haqida nima deya olasiz?

- Muxlislar “Navbahor”ni juda yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi. Ushbu g‘alaba ishqibozlar effekti sababli, ro‘y berdi deb o‘ylayman. Hakamlar muxlislarning bosimi tufayli xato qilishga majbur bo‘lishdi. O‘sha xato bo‘lmaganida, g‘alaba bilan qaytgan bo‘lardik. “Navbahor”ning yutug‘i to‘lig‘icha muxlislarniki. Eronlik muxlislarga ham rahmat aytaman. Ular kamchilik bo‘lishlariga qaramasdan, bizni imkoni boricha qo‘llab-quvvatlab turishdi.

 

Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 07:02, 24.10.2023.
O'qildi: 1405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик