Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Shaskix "Ahal" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida qanday fikr bildirdi?

Shaskix "Ahal" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida qanday fikr bildirdi?

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasida "Ahal" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shaskix va vinger Azizbek Turg‘unboyev o‘z fikrlarini bildirishdi.

Maksim Shaskix: - O‘yinni to‘liq nazorat qildik. Yirikroq hisobda g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Birinchi uch ochkoni qo‘lga kiritdik va keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz.

"Ahal" jamoasini kuchsiz demagan bo‘lardim. Ular 1-turda "Al Fayha"ni mag‘lub etishdi va "Al Ayn"ga qarshi kechgan uchrashuvda ham ancha sifatli o‘yin namoyish etishdi. Ushbu jamoani ko‘pchilik mensimayapti va bu noto‘g‘ri. Agar bugun g‘alaba qozonmaganimizda guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz nolga teng bo‘lar edi.

Ular o‘yda o‘ynaganida raqib jamoa "Ahal"ning kuchini past baholaganligi sabab mag‘lub bo‘ldi va sun’iy qoplamali maydon ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Bizga ham sun’iy maydon katta muammo tug‘dirishi aniq. Ashhobodga borgandan keyin u yerdagi sharoitlarga moslashishga harakat qilamiz. "Al Ayn"ga qarshi kechgan uchrashuvdagi "Ahal"ni bugun maydonda ko‘rdim va raqib uslubi deyarli o‘zgarmagan.

Azizbek Turg‘unboyev: - Bugun muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik va chiroyli o‘yin o‘tkazdik. Hali guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz bor. Qolgan uch uchrashuvda g‘alaba qozonsak, keyingi bosqichga yo‘l olamiz.

Yoshligimda qanot himoyachisi sifatida ham o‘ynaganman. Professional futbolchi tez moslashib ketish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak. Murabbiyning vazifasini qo‘ldan kelgancha bajarishga harakat qilyapman.

Kiritildi: 06:06, 25.10.2023.
O'qildi: 2677 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик