Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 5-3 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Pioli: "PSJ"ga qarshi zich o‘ynashimiz kerak"

Pioli: "PSJ"ga qarshi zich o‘ynashimiz kerak"

Baho:
+ | -

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turida "PSJ"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida gapirdi.

“Bu juda muhim uchrashuv. Biz hali g‘alaba qozona olmadik, shuning uchun "PSJ"ga qarshi ikkita o‘yin juda muhim bo‘ladi. Biz juda diqqatni jamlagan bo‘lishimiz, zich o‘ynashimiz va hujumda ham, himoyada ham birlikda harakat qilishimiz kerak.

Bir necha oy ichida Luis Enrike aql bovar qilmaydigan ishni amalga oshirdi. “PSJ” avvallari o‘z yetakchilariga tayanardi, lekin u ularning o‘yin uslubini o‘zgartirdi. Mbappe yuqori tezlikda harakat qilishni juda yaxshi biladi. Biz uning niyatlarini qanchalik yaxshi bashorat qilsak va uzatmalarini to‘xtatsak, undan kelib chiqadigan tahdidni shunchalik cheklab qo‘yamiz", - dedi Pioli "Milan" rasmiy saytiga.

"PSJ" bugun "Milan"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23.59da boshlanadi. 2 turdan keyin Enrike shogirdlari 3 ochko bilan F guruhida 2-o‘rinda, "Milan" 2 ochko bilan uchinchi o‘rinda.

Kiritildi: 20:13, 25.10.2023.
O'qildi: 916 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.