Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko 2-1 RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 17:30 Tailand - Braziliya
20/09 17:30 Kuba - Xorvatiya
20/09 20:00 Kosta-Rika - O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya - Paragvay
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

"Liverpul"ning yangi ko‘rinishdagi yarim himoyasi

"Liverpul"ning yangi ko‘rinishdagi yarim himoyasi

Baho:
+ | -

Kloppning "Enfild"dagi 7 mavsumi oralig‘ida birinichi marta "Liverpul" Chempionlar ligasiga chiqa olmadi. O‘tgan mavsumda chempionat doirasida 9 ta mag‘lubiyat qayd etgan klubning muvaffaqiyatsizliklariga asosiy sabab sifatida yarim himoya deya ko‘rsatilgan. Muxlislar va mutaxassislarning fikriga ko‘ra yangilanishi kerak bo‘lgan pozisiya aynan yarim himoya chizig‘i.

Jamoa sardori Jordan Xenderson, ikki tajribali Tyago Aolkantara va Fabinyo kabi futbolchilardan iborat trio qanday qilib uchta quyi ligaga tushib ketayotgan klub: "Vulvz", "Bretnford" va "Lids"dan mag‘lub bo‘lishi mumkin?

Liverpool News on X:

Buning asosiy sababi, "qizillar" 2021/22 yilgi mavsumda 63 ta o‘yin o‘tkazib, chempion "Manchester Siti"dan bir ochko ortda qolib, Liga Kubok va Anliya Kubogi finallarida "Chelsi"ni mag‘lub etib titul qo‘lgan kiritgani. Futbolchilar 3 yoki 4 ta front uchun kurashda ancha toliqqani asosiy sabablardan biri.

"Tarkibning yangilanishi qiyin holatligiga ishonchim komil emas, lekin buning o‘ziga xos qiyinchiligi ham bor. Bu shartnomamni yangilashga asosiy sabablardan biridir. Bunga ko‘p vaqt talab qilishini ham bilaman", - deydi Klopp mavsum oralig‘ida.

Hech kim o‘zgarishlarni bu qadar tez sodir bo‘lishini kutmagandi. Mos ravishda Aleksis Makallister va Dominik Soboslai 35 hamda 60 million yevroga sotib olindi.

«Liverpul 2.0». Kak viglyadit obnovlennaya poluzashita «krasnix»

Avvaliga bu duyet mersisaydliklar yarim himoyasining asosini tashkil qiladi deya o‘ylangandi. Ayniqsa, Tyago, Xenderson va Fabinyo qabilar bilan ajoyib ko‘rinish hosil qilishi kutilgandi. Ammo avgust oyida Xenderson va Fabinyo Saudiyaga ketishga qaror qildi. Ularning ketishi "Liverpul" yarim himoyasidagi bo‘shliqni ochib berdi.

"Qizillar"ning yangi sport direktori Yorg Shmatdke "Chelsi"ni tanlagan Moyses Kaysedo va Romeo Laviya transferini mavaffaqiyatsiz yakunladi. Shu sababdan liverpulliklar yaponiyalik yarim himoyachi Vataru Endoni "Shtutgart"dan 16.2 million funtga sotib oldi, ammo mavsum oldidan ko‘pchilik tomonidan qoralandi.

Lekin bu yo‘qotishlar jamoaning yangi mavsum startiga uncha katta ta’sir ko‘rsatmadi. Klub "Tottenxem"gacha bo‘lgan o‘yingacha g‘alabali seriya qayd etdi.

Yangi kelganlar orasida "Leypsig"dan sotib olingan Dominik Soboslai o‘zini ko‘rsatishga va jamoa bilan moslashishga uncha ko‘p vaqt talab qilmadi. U tezda jamoadoshlari bilan til topisha oldi. Vengriya termasi yetakchisi o‘zining harakteri bilan u asosiy tarkibdan tez joy oldi.

Top bloke' - Jurgen Klopp impressed by Dominik Szoboszlai's 'grenade' goal  as Liverpool see off Wolves in Carabao Cup | Goal.com

Futbolchi "Aston Villa" va "Lester"ga qarshi o‘yinlarda raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Dominik asosan uzoqdan aniq va xavfli zarbalar yo‘llab jamoasining goliga mualliflik qiladi. Vengriyalik iqtidorning uzoqdan gol urish qobiliyati Kloppga avvalgi ishonchni qaytardi, ayniqsa, 2018 yil yanvarida Felipe Koutinyo ketganidan beri.

"Liverpul"ning ayni damdagi tarkibi 2015-2018 yillardagi tarkibiga o‘xshab ketadi. Sababi, o‘shanda "qizillar" yarim himoyasi nisbatdan ekrin o‘ynardi va ko‘proq gollar urib turardi. Shuningdek, 2018-2020 yillarda Virjil Van Deyk, Alisson va Fabinyo kabilar bilan shartnoma imzolanishi klubning tarkibini ancha optimallashtirdi.

Ko‘pchilik tomonidan hozirgi "Liverpul"ni "Liverpul 2.0" versiyasi deb bilmoqda. Bunda Soboslai, Makallister va Rayan Gravenberx kabilar, yana Kertis Jons hamda Xarvi Elliot kabi futbolchilar ham gol urish borasida kam emas. Ayni vaqtdagi "qizillar"ning yangilangan yarim himoyasi ijobiy ko‘rinmoqda.

How is Jurgen Klopp's new-look Liverpool midfield shaping up? | Football  News | Sky Sports

Mersisaydlilar Fabinyoning o‘rnini Kaysedo va Laviya bilan to‘ldirmoqchi bo‘ldi, ammo oxir-oqibat Vataru Endo transferi bilan cheklandi xolos. Yaponiyalik futbolchi hozircha, Yevropa Ligasi va Liga Kubogi doirasida maydonga tushirildi.

«Liverpul 2.0». Kak viglyadit obnovlennaya poluzashita «krasnix»

"Biz hali Endo uchun eng yaxshi pozisiyani topa bilmadik, ammo u bizga ancha yordam bera oladi. U fantastik o‘yinchi, taktik jihatdan juda aqlli va maydondan tashqarida ham o‘zini yaxshi tutadi", - dedi Klopp.

Ammo tayanch zonasida Makallister ancha agressiv o‘yinlari bilan yodda qolmoqda. Argentinalik futbolchi "Brayton"da, De Zerbi qo‘l ostida bo‘lgani kabi ancha erkinroq o‘ynashga intilyapti.

Makallister tayanch yarim himoya chizig‘ida o‘zini ko‘rsata olmayapti, sababi unga tezlik birmuncha yetishmayotgandek. Futbolchi himoyachilarga yordamga kelishga kechikmoqda. Balki, Klopp uni oldiroqqa sursa bo‘lar. Ya’ni yarim himoyaning oldingi chizig‘ida.

He can play anywhere' - Joe Cole praises 'superstar' Liverpool midfielder  Alexis Mac Allister - Eurosport

Umuman olganda, ayni vaqtdagi Makallister va Soboslai tandemi ijobiy natija qayd etmoqda. Ammo Klopp yanada yarim himoyadagi kamchiliklarni yopishga urinib ko‘rishi tayin. Buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi. Ko‘ramiz, kuzatamiz...

Manba: soccer.ru
Kiritildi: 23:31, 26.10.2023.
O'qildi: 2867 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.