Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Sergey Arslonov: «Barchasi o‘z qo‘limizda edi»

Sergey Arslonov: «Barchasi o‘z qo‘limizda edi»

Baho:
+ | -

Superliga 23-turidan o‘rin olgan «Surxon» – «Navbahor» (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Arslonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz bugungi o‘yinda alamli mag‘lubiyatga uchradik. Hammasi o‘z qo‘limizda edi. Biroq oxirgi daqiqada imkoniyatdan foydalana olmasligimiz sababli mag‘lubiyatga uchradik.

Iskanderov va O‘runovni mamlakatimizdagi eng kuchli futbolchilardan deb hisoblayman. Ular maydonda bir-birlarini juda yaxshi tushunib harakat qilishyapti. Bilamizki, ikkala futbolchilar jamoasining etakchilari hamda vaziyatni o‘z qo‘liga oladigan kuchli ijrochilar ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Bunday futbolchilarga qarshi o‘ynash juda qiyin. Qaerdadir yaxshiroq harakat qilishingiz kerak, yana qaerdadir puxta o‘ylab, fikrlab o‘ynamasangiz aks holda ular o‘z vaziyatlaridan yaxshi foydalanib ketadilar. Ostondagi kuchli driblinglar, Jamshiddagi maydonni yaxshi ko‘ra olishlari ularni chempionatimizdagi kuchli futbolchilar ekanligidan dalolat beradi. Bunday futbolchilarga qarshi to‘p surish har qanday raqib uchun og‘ir. Ular milliy terma jamoaga ham bejizga chaqirilmayotganini har bir uchrashuvda isbotlashmoqda. Bugun ham ikkalasi o‘z vazifalarini a’lo darajada bajarishdi, deb o‘ylayman.

Bunday pallalarda o‘yinchilarning ruhiy holati katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Uchrashuvni oxirgi soniyalarda hamma ham penalti tepishga jur’at qilavermaydi va bunday paytda har kimni ham ruhiy holati tayyor bo‘lavermaydi. Bu oson emas. Shu bois futbolchini ham to‘g‘ri tushunish kerak. Penalti – bu lotereya. Ko‘p narsa ruhiy holatga bog‘liq. Agar so‘nggi daqiqalarda ruhiy jihatdan yaxshi bo‘lsa, vaziyatdan foydalanishi mumkin. Buni hech qanday xavotirli joyi yo‘q. Futbolda bu kabi holatlar bo‘lib turadi.

Jamoamizda shtatda penalti tepadiganlar orasida Nimeli ham bor edi. 11 metrli jarima zarbasi belgilangach, u to‘pni oldi va tepishga qaror qildi. Biz unga hech qanday e’tiroz bildirmadik. Ammo foydalana olmadi, nima ham derdik. Bu vaziyatda futbolchini qoralay olmaymiz. Uni ham to‘g‘ri tushunish joiz.

Bu mavsum «Navbahor»ga ikki bor mag‘lub bo‘lgan edik. Shu sababli yigitlar bugungi bahsni intizorlik bilan kutishgandi. Afsuski, bu safar ham natija o‘xshamadi. Jang taklif qilmoqchi edik va jang bo‘ldi. Ammo, natija ularning foydasiga hal bo‘ldi. Agar penaltidan gol urganimizda ochko olgan bo‘lardik. Barchasi ruhiyat bilan bog‘liq. Jamoamizga biroz tajriba ham etishmadi. O‘yinchilarimiz ancha yosh. Lekin o‘ylaymanki, shunday uchrashuvlar orqali yoshlar tajribalarini oshirib boradilar”, – dedi Arslonov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 00:39, 28.10.2023.
O'qildi: 1212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.