Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Valverde "Barselona"dan qaysi futbolchini "Real"da ko‘rishni istashini aytdi

Valverde "Barselona"dan qaysi futbolchini "Real"da ko‘rishni istashini aytdi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde “Barselona” himoyachisi Ronald Arauxoning iqtidorini yuqori baholadi.

Shanba kuni "ko‘k-anorranglilar" La Liga o‘yinida o‘z maydonida "qaymoqranglilar"ni qabul qilishadi. "El-klasiko" oldidan Valverde terma jamoadagi sherigi Ronald Arauxo haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Barselona”ning qaysi futbolchisini jamoamga olaman? O‘ylaymanki, kimni aytishimini ko‘pchilik juda yaxshi biladi. Albatta, bu Arauxo. Men uchun u dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri. U nafaqat ajoyib futbolchi, balki ajoyib inson ham. Garchi biz shu darajada raqobatlashsak ham, men unga doim eng yaxshi tilaklarimni tilayman", - deya Valverde so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

Kiritildi: 08:06, 28.10.2023.
O'qildi: 14313 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик