Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Aleksandr Xomyakov: "Bugungi o‘yinimiz g‘alabaga mos emasdi"

Aleksandr Xomyakov: "Bugungi o‘yinimiz g‘alabaga mos emasdi"

Baho:
+ | -

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan “Andijon” – OKMK (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi o‘yinimiz g‘alabaga mos emasdi. Shuningdek, mag‘lubiyatga ham uchramasligimiz kerak edi. Bu uchrashuvda bizda bosim bor edi. Agar g‘alaba qozonganimizda 5-o‘ringa chiqib olishimiz mumkin edi. Afsuski, ba’zi vaziyatlarda o‘yinni o‘z qo‘limizga ololmadik. Yana ayrim holatlarda asabiylashishga to‘g‘ri keldi.

Imkoniyatlar ko‘p bo‘lmadi. Qanotlardan to‘p oshirishlarda ham bir qator xatoliklarga yo‘l qo‘ydik. Armin bosh bilan zarba yo‘llaganida aniqlik yetishmadi. Alamlisi, maydon markazini boy berdik. Uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida bu holatlarga e’tibor qaratgandik. Ammo maydonning boshqa chiziqlarida ham kamchiliklar bo‘ldi. Hozir biror fikr bildirish ham qiyin bo‘lyapti. Bunday holatlar bizga keyingi uchrashuvlarda dars bo‘ladi”, – dedi Xomyakov.

Kiritildi: 22:28, 28.10.2023.
O'qildi: 1101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик