Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Arteta: "Nketia uch xil gol urdi"

Arteta: "Nketia uch xil gol urdi"

Baho:
+ | -

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Sheffild Yunayted"ga qarshi o‘yin natijalarini sarhisob qildi.

Londonliklar Premyer-liganing 10-turida 5:0 hisobida zafar quchdi.

"Biz ajoyib hafta o‘tkazdik, ikkita juda qiyin safar o‘yiniga bordik va bugun boshqacha kontekst bor edi. "Sheffild Yunayted" ligada jon saqlab qolish uchun kurashmoqda, ular yaxshi tashkil etilgan jamoa va katta jamoalar uchun ularni mag‘lub etish qiyin bo‘lgan.

Sabr qilishimiz kerak edi, lekin shu bilan birga hamma narsani dastlabki 10-25 daqiqaga qaraganda yaxshiroq qilishimiz kerak edi. Biz yaxshiroq hujum qilishimiz va o‘zimiz xohlagan o‘yinni ko‘rsatishimiz kerak edi.

Nketianing xet-triki haqida:

"Uch xil gol bo‘ldi, lekin ularning barchasi Eddi Nketianing uslubi edi. Birinchisida u himoyachidan uzoqlashish uchun bo‘sh joy va vaqtni hisoblab chiqdi va jarima maydonchasida xotirjamlik ko‘rsatdi, ikkinchisida to‘p tez kelib tushdi va uni tezda urishga majbur bo‘ldi, uchinchisida bu ajoyib zarba bo‘ldi".

Nketia poker qilish uchun penaltini tepmagani haqida:

"U ajoyib futbolchi bo‘lishi bilan birga aql bovar qilmaydigan inson, uning xatti-harakati hammadan farq qiladi, ayniqsa kamtarligi va odamlarga nisbatan qayg‘urishi.

Uning Fabio Viyeyra uchun qilgan ishi juda yaxshi ish bo‘ldi" - dedi Arteta.

Kiritildi: 23:19, 28.10.2023.
O'qildi: 1358 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.