Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Yevropaning kuchli 5ta ligasi «otaxon»lari

Yevropaning kuchli 5ta ligasi «otaxon»lari

Baho:
+ | -

Half-Time Stat («Telegram» kanali) muallifi odatiy 5ta kuchli liganing amaldagi eng yoshi katta («uzoq umr ko‘ruvchi») futbolchilari reytingini shakllantirdi. Alohida aytish kerak, ro‘yxatga faqat maydon o‘yinchilari kiritilgan, ya’ni darvozabonlarga e’tibor qaratilmagan. Zero, agar kiperlar ham reytingga qo‘shilsalar, yuqori o‘rinlar «A» seriya vakillaridan ortmasdi. Yana bir izoh: futbolchilarning turli ligalardagi davri alohida ajratib ko‘rsatilgan.

Top-20 shaklida tuzilgan reytingda atigi 2 nafar hujumchi bor - Pedro va Kevin Gameyro. Mutlaq yetakchi Jeyms Milnerning shaxsiy statistikasi tahsinga loyiq. Angliyalik «o‘lmas» yigit nafaqat yevrofutboldagi bosh «otaxon», balki u deyarli har mavsum (faqat birinchisini bundan mus­tasno) milliy chempionatda 20tadan ko‘p o‘yin o‘tkazgan. Joriy mavsum esa «Brayton»ning 5ta uchrashuvida ishtirok etishga ulgurdi. Aytish joiz, yanvar oyida 38 yoshga to‘ladigan faxriyning ayni shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Lekin tomonlar hamkorlik muddatini yana 1 yilga uzaytirishlari mumkin. Ko‘pchilik hozirdan Milner APLda yana bir mavsum qolishini taxmin qilmoqda. 

Kuchli beshlikning qolgan pozisiyalari ispanlar bilan band: Raul Garsiya hali hech qayerga ketmadi, Serxio Ramos, Xesus Navas va Raul Albiol La Ligaga qaytishdi. Yaponiyalik Makoto Xasebe hattoki yetakchilikka intilishi ham mumkin edi: 39 yoshida hamon o‘ynayapti. Faqat shunisi borki, qit’adoshimiz kuchli 5ta ligaga «atigi» 17ta mavsum oldin bosh suqqan. Ya’ni Makoto Germaniya chempionatida 24 yoshidagina paydo bo‘lgandi. Reytingga kirgan 7 nafar futbolchining faqat 1ta ligada o‘ynayotganini ham alohida ta’kidlash joiz. Fransiya chempionatida esa bunday futbolchi yo‘q. Yana bir holat: Etyen Kapu mavsum-2020|2021da o‘z seriyasini deyarli to‘xtatgandi. Binobarin, u «Uotford» bilan APLdan tushib ketdi, keyin Chempionshipda 6 oy o‘ynadi, qishda esa «Vilyarreal» safiga qo‘shilish asnosida top-5ga qaytdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 28.10.2023.
O'qildi: 2274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик