Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saudiya klubi Luis uchun 60 million bermoqchi

Saudiya klubi Luis uchun 60 million bermoqchi

Baho:
+ | -

“Aston Villa” yarim himoyachisi Duglas Luis Yevropa futbolini tark etishi mumkin.

Braziliyalik futbolchiga avvalroq Londonning “Arsenal” klubi qiziqish bildirgan, biroq jurnalist Ekrem Konurning fikricha, yarim himoyachi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Manbaga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan Saudiya klublari yanvar oyida Duglas Luisni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda - ehtimoliy transfer summasi 60 million yevrodan ko‘proqqa baholanmoqda.

Transfermarlt portali 25 yoshli xavbekning narxini 55 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda futbolchi 15 uchrashuvda 5 ta gol urdi.

Kiritildi: 06:55, 29.10.2023.
O'qildi: 780 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.