Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Super yakshanba – Erik ten Xagning g‘oyalari sinovdan o‘tadigan kun: "MYU" – "Manchester Siti" (prevyu)

Super yakshanba – Erik ten Xagning g‘oyalari sinovdan o‘tadigan kun: "MYU" – "Manchester Siti" (prevyu)

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning bundan oldingi turlarda qayd etgan uchta ketma-ket g‘alabasi bugun yakuniga yetishi mumkin. Negaki, APLning 10 turida bizni super o‘yin kutib turibdi: "MYU" o‘z uyida hamshahari "Manchester Siti"ni mehmon qiladi. Ha, so‘nggi haftada "Sheffild", "Brentford" va "Kopengagen" mahv etildi. Ammo klub muxlislari uchun bu qiyin g‘alabalar "shaharliklar"ni mag‘lub etishda yetarlicha ishonch bermasligi aniq. Qarshi tomondagi Gvardiola jamoasi ligada "Vulvz" va "Arsenal"dan yutqazganiga qaramasdan, xalqaro tanaffuslardan keyin yana g‘alabali yo‘lga qaytib oldi. Ular "Brayton" va Yang Boyz"ni taslim etishdi. Bugun mana shu ikki raqib, Angliya tarixidagi yagona trebl sohiblarining bo‘lajak jangiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

O‘yin qayerda va qachon bo‘lib o‘tadi?

Joy: Manchester, Angliya
Stadion: "Old Trafford"
Sana: 29 oktyabr, yakshanba
Start: 16:30 (mahalliy), 20:30 (Toshkent).
Bosh hakam: Pol Tirni
VAR: Maykl Oliver

"MYU" va "Manchester Siti"ning so‘nggi beshta to‘qnashuvi:
"MYU" – 1 ta g‘alaba
"Man Siti" – 4 ta g‘alaba
Durang – 0 ta.
So‘nggi uchrashuv: Angliya kubogi finali – 3 iyun, 2023 yil:
"Man Siti" 2-1 "MYU".

Jamoalar sport formasi:
"MYU" – MMG‘G‘G‘ (M – MAG‘LUB)
"Man Siti" – MG‘MG‘G‘G‘ (G‘ – G‘OLIB)


"MYU" haqida

Erik ten Xag ushbu uchrashuvga bir nechta jarohatlanganlar, shuningdek, turli sabablar bilan maydonga tusha olmaydigan futbolchilar bilan yetib kelmoqda. Xususan, Kazemiro diskvalifikasiyadan qaytdi. Ammo u jarohati sababli derbida qatnasha olmasligi mumkin. Lyuk Shou, Tirell Malasiya, Uan-Bissaka va Jeydon Sancholar qaydnomaga kiritilmaydi. Ammo yarim himoyachi Kobbi Meynu zaxiradan joy olishi mumkin.

"MYU"ning taxminiy tarkibi
Darvozabon: Andre Onana;
Himoyachilar: Dalot, Varan, Maguayr, Regilon;
Yarim himoyachilar: Kazemiro, Amrabat;
Hujumkor chiziq: Fernandesh, Eriksen, Reshford;
Markaziy hujumchi: Xyoylunn (4-2-3-1).

"Manchester Siti" haqida

Jarohatlanganlar borasida "shaharliklar" uchun vaziyat yaxshilanmoqda. Asosiy yulduzlardan faqatina Kevin De Bryuyne va Zak Steffenlar lazariyatda xolos. So‘nggi APL turida qizil kartochka olgani uchun Manuel Akanji derbini o‘tkazib yuboradi. Gvardiola ixtiyorida hujum va himoyada yetarlicha tanlov bo‘ladi.

"Man Siti"ning taxminiy tarkibi:
Darvozada: Ederson;
Himoyada: Uolker, Dias, Gvardiol;
Yarim himoyada: Stounz, Rodri;
Hujumkor chiziq: Foden, Alvares, Silva, Doku;
Markaziy hujumchi: Erling Xoland (3-2-4-1).

Eslatib o‘tamiz, Manchester derbisini bugun, Toshkent vaqti bilan 20:30 dan boshlab kuzatib borishingiz mumkin bo‘ladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 10:12, 29.10.2023.
O'qildi: 2549 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.