Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

"Oltin to‘p" sohiblarining eng boylari kimlar? Kuchli beshlik bilan tanishing

"Oltin to‘p" sohiblarining eng boylari kimlar? Kuchli beshlik bilan tanishing

Baho:
+ | -

France Football tomonidan har yili taqdim etib boriladigan "Oltin to‘p" sovrini eng yaxshilargagina nasib etadi. 2023 yilgi versiya uchun eng asosiy da’vogar sifatida Xoland va Messi qaralmoqda. 30 oktyabr, ya’ni bugun "Oltin to‘p" o‘z egasini topadi. Quyida hozirgacha ushbu sovringa ega chiqqanlarning eng boylarini bilib olasiz.

Krishtianu Ronaldu – 363 million funt

Dunyodagi eng mashhur sportchi bo‘lish bilan birgalikda, Ronaldu eng ko‘p maosh oladigan futbolchi hamdir. Portugaliyalik yulduz Instagram'da 876 million kuzatuvchiga ega. Uning bir yillik daromadi 363 million funtni tashkil etishi aytilgan. Ronaldu "An-Nasr"da yiliga 62 million funt maosh oladi. Turli xil tijoriy hamkorliklar bilan birga Ronalduning maoshi bir yilda 173 million funtgacha boradi. 38 yoshli futbolchi Nike bilan bir umrlik shartnoma imzolagan va bu uchun Ronaldu 1 milliard funt oladi. Qolaversa, qahramonimizning o‘z biznes imperiyasi bor. Ular ichida mehmonxonalar tarmog‘i, ichki kiyim ishlab chiqarish, fitness uskunlari va shampun sanoati eng ko‘zga ko‘ringanlaridir.

Lionel Messi – 105 million funt

Messi barcha davrlardagi eng yaxshi futbolchidir. Bugun u o‘z faoliyatidagi sakkizinchi "Oltin to‘p"ni qabul qilib olishi mumkin. Argentinalik "Inter Mayami"ga ko‘chib o‘tdi. Hozir uning yillik maoshi 35-47 million funt atrofida. Uning yillik daromadi 105 millionni tashkil etadi. 36 yoshli futbolchi ham ko‘plab tijoriy loyihalarda ishtirok etib, o‘z daromadlarini ko‘paytiradi. Adidas va Messi 2017 yildan beri hamkorlik qiladi. Shu sababli u yiliga 20.4 million funt oladi. Shuningdek, Messi Pepsi'ning global elchisidir.

Kaka – 75 million funt

Ronaldu va Messi erasi avvalida bu ikki dahoni Kaka mag‘lub etib, "Oltin to‘p"ga ega chiqadi. 41 yoshli afsona 2007 yilda bu sovringa loyiq deb topilgandi. Kaka 2017 yilda futboldan ketadi. Shunga qaramay, u har yili 74 million funt ishlab topmoqda. Braziliyalik Twitter'da ilk bor 10 million obunachilari bo‘lgan insonga aylangandi. Tijoriy hamkorliklar borasida Kakaning ham omadi chopgan. U global brendlar bo‘lmish PlayStation va OPPO bilan hamkorlik qiladi.

Karim Benzema – 62.5 million funt

Sobiq "Real" hujumchisi 2022 yilgi sovrin egasi sanaladi. Benzema har yili 62 million atrofida daromad ko‘radi. Ayni damda "Al-Ittihod" fransuz hujumchisi xizmatlari evaziga har hafta unga 3.3 million funt maosh beradi. Benzema "Oltin to‘p" topshirish marosimiga qo‘lida 500 ming dollarlik Richard Mille bilan kelgandi. 35 yoshli hujumchi ham tijoriy loyihalarda ancha faol qatnashadi.

Maykl Ouen – 54.4 million funt

Maykl Ouen "Oltin to‘p"ning 2001 yilgi versiyasiga egalik qiladi. 43 yoshli sobiq futbolchi hozirda yiliga 54.4 million funt daromadga ega. Ouen faoliyati davomida "Liverpul", "Real", "Nyukasl", "MYU" va "Stok Siti"da harakat qilgan. U 2013 yilda futbol bilan xayrlashgandi. Shundan beri sobiq hujumchi TNT Sport (BT Sport) kanalida muxbir bo‘lib ishlaydi.
Shuningdek bu borada keyingi o‘rinlarni Zayniddin Zidan, Luish Figu va Fabio Kannavarolar egallaydi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:26, 30.10.2023.
O'qildi: 14480 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.