"Manchester Siti" hujumchisi Jeremi Doku APLning 10-turida "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:0) "Manchester Yunayted" vingeri Antonini masxara qildi.
Uchrashuv so‘ngida Antoni 21 yoshli belgiyalik futbolchiga nisbatan qattiq qo‘pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi.
"Tinchlan. Manchester - ko‘k rangda", — deb post qoldirdi Doku ijtimoiy tarmoqlarda va Antoni bilan o‘yin davomida yuzaga kelgan ziddiyat suratini ilova qildi.