Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

"Oltin to‘p" sovrindorlari soni bo‘yicha rekordchi davlatlar

"Oltin to‘p" sovrindorlari soni bo‘yicha rekordchi davlatlar

Baho:
+ | -

"Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish har bir futbolchining orzusi. Bu futboldagi eng nufuzli individual mukofot har qanday futbolchi uchun muvaffaqiyat cho‘qqisidir. Bu nafaqat individual mukammallikni, balki sportga qo‘shgan ulkan hissasini ham e’tirof etadi. Shu munosabat bilan qaysi davlat eng ko‘p “Oltin to‘p” sohibini yetishtirb chiqargani qiziq. Keling, ularni ko‘rib chiqamiz.

Germaniya – 7 ta

Hammasi bo‘lib nemis futbolchilari yettita “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishgan. Nemislarda orzu qilingan sovrinni qo‘lga kiritgan besh nafar futbolchi bor.

Afsonaviy futbolchilar Frans Bekkenbauer va Karl-Xaynts Rummenigge mamlakatning futboldagi jasoratini aks ettiradi va ikkalasi ham o‘z faoliyati davomida ikki marta eng yuqori individual mukofotga sazovor bo‘lishdi: 1972 va 1976 yillarda Bekkenbauer va 1980 va 1981 yillarda Rummenigge.

Gerd Myuller (1970), Lotar Mattaus (1990) va Mattias Zammer (1996) “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish orqali Germaniya merosiga qo‘shishdi.

Fransiya - 7 ta

Besh nafar fransiyalik futbolchi 7 ta “Oltin to‘p”ni bo‘lishdi.

Afsonaviy Mishel Platini 1980-yillarda (1983, 1984, 1985) uch marta mukofotni qo‘lga kiritib, barcha davrlarning eng buyuk sportchilaridan biri sifatidagi maqomini mustahkamladi. Fransiyaning boshqa “Oltin to‘p” sovrindorlari orasida Raymond Kopa (1958), Jan-Pyer Papen (1991), Zinedin Zidan (1998) va Karim Benzema (2022) bor.

Niderlandiya – 7 ta

Niderlandiya dunyoning eng nufuzli futbol mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatning uch nafar vakili 7 ta “Oltin to‘p”ni o‘zaro bo‘lishgan.

Futbol timsollaridan biri bo‘lgan afsonaviy Yoxan Kroyff o‘zining ajoyib faoliyati davomida (1971, 1973, 1974) uch marta ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan. Marko van Basten uning izidan borgan va shuningdek, uch marta (1988, 1989, 1992) “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Ruud Gullit bir marta kubokni qo‘lga kiritgan (1987).

Portugaliya – 7 ta

Portugaliya Yevropaning zamonaviy futbol kuchlaridan biridir. Uchta portugaliyalik “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan: Eysebio (1965), Luish Figu (2000) va Krishtianu Ronaldu (2008, 2013, 2014, 2016, 2017).

Eysebio va Figu mukofotni bir martadan olishgan. Ronaldu eng ko‘p "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda. "Real"ning sobiq futbolchisi o‘zining yorqin faoliyati davomida kubokni besh marta ko‘targan.

Argentina – 7 ta “Oltin to‘p”

Bularning barchasi Lionel Messiga tegishli (2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019, 2021). Argentina afsonasi, aytish mumkinki, barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi va uning individual sovrinlari buning isbotidir. Messi “Oltin to‘p”ni yetti marta qo‘lga kiritib, rekordchi bo‘ldi va bugun tunda yana bir marta g‘alaba qozonishi mumkin.

Diego Maradona - yana bir argentinalik, uni ko‘pchilik eng buyuk futbolchilardan biri deb biladi. Biroq, u hech qachon "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olmagan, chunki u 1995 yilgacha Yevropadan tashqari davlatlar futbolchilari “Oltin to‘p” uchun kurasha olmagan.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 19:24, 30.10.2023.
O'qildi: 11601 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.