Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 0-0 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga
“So‘g‘diyona” — “Andijon”

Superliganing 22-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Andijon” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi F. Sohibjonov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining to‘pig‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Farxodjon Sohibjonovga (Andijon) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona” — “Andijon”

Superliganing 22-turi doirasidagi Uchrashuv yakunlangandan so‘ng, “So‘g‘diyona” futbol klubi futbolchisi E. Orifov bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani qayd qilingan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Elyor Orifovga ("So‘g‘diyona") nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik” — “Bunyodkor”

Superliganing 22-turi doirasidagi “Olimpik” — “Bunyodkor” uchrashuvining 8-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi S. Izzatov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisini to‘piq qismini qasddan bosib olgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Suxrob Izzatovga ("Bunyodkor") nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Metallurg” — “Buxoro”

Superliganing 22-turi doirasidagi “Metallurg” — “Buxoro” uchrashuvining 8-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi I. Shayqulov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Iskandar Shayqulovga ("Metallurg") nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Metallurg” — “Buxoro”

Superliganing 22-turi doirasidagi “Metallurg” — “Buxoro” uchrashuvining 39-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi M. Jo‘raboyev to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘i bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Maxmud Jo‘raboyevga ("Buxoro") nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 21:09, 31.10.2023.
O'qildi: 2667 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик