Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Real" Arrisabalagani "Chelsi"dan sotib olmoqchi

"Real" Arrisabalagani "Chelsi"dan sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi Kepa Arrisabalagani ijara muddati tugaganidan keyin “Chelsi”dan sotib olishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda The Sun nashri.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "Qirollik klubi" 29 yoshli ispaniyalik darvozabon uchun 20 million yevrodan ko‘p bo‘lmagan pul taklif qilishga tayyor. Madridliklar rahbarlari shartnomaga o‘z darvozaboni Andrey Luninni kiritish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Joriy mavsumda Kepa "Real" safida barcha musobaqalarda 11ta o‘yin o‘tkazib, 9ta gol o‘tkazib yubordi. Darvozabonning "Chelsi" bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 18 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kepa tizzasidan olgan jarohati tufayli uzoq muddat maydonga tusha olmayotgan Tibo Kurtuaning o‘rniga ijaraga olingandi.

Kiritildi: 21:50, 31.10.2023.
O'qildi: 2283 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик