Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Robot-hakam – kelajakdan nishona!

Robot-hakam – kelajakdan nishona!

Baho:
+ | -

Diqqat, Angliya futbol assosiasiyadan navbatdagi shov-shuvli xabar:

APL o‘yinlarida yaqin orada robot-hakamlarni sinovdan o‘tkazish jarayoni boshlanadi. Oh, futbolchilarga achinish kerak. Axir temir-hakamga na e’tiroz bildirish mumkin, na baqirish...

Xabar berilishicha, AFA bosh ijrochi-direktori Mark Bullingem rahbarligida Angliya futbolida «avtonom» robot-hakamlar xizmatini joriy etish g‘oyasini faol o‘rganib chiqmoqda. Barchasiga APL doirasidagi oxirgi uchrashuvlarda kuzatilgan yuqori darajali hakamlik xatolari seriya­si sababdir. Janob Bullingem Daily Mail nashriga bergan intervyusida bu masalada muayyan qarashga egaligini yashirmadi: «Albatta, oldin ham hakamlarning noto‘g‘ri qarorlari yuzasidan yetarlicha e’tiroz va rasmiy shikoyatlar tushgan. Endi xatolarni kamaytirish masalasida qat’iy qadam tashlash kerak. Menimcha, robot-hakamlar g‘oyasi bu borada boshlang‘ich nuqta bo‘ladi. Hozir texnologiya nuqtai nazaridan katta savol bor: qarorlarni tezroq qabul qilish imkoniyatini oshirish mumkinmi? Chunki o‘yin vaqti yuzaga keladigan uzoq to‘xtalishlar hech kimga yoqmaydi, baribir».

AFA bosh ijrochi-direktorining aytishicha, Angliyada hakamlikni to‘liq avtomatlashtirish g‘oyasiga qiziqish katta. «Mana, masalan, o‘yindan tashqari holatni aniqlashtirish uchun yarim avtomatik texnologiya­dan foydalanayotganimizga ancha bo‘ldi. Xo‘sh, hakamlik oxir-oqibat, butunlay avtomatlashtirilishi mumkinmi? Nega mumkin emas. Har holda, urinib ko‘rish kerak...», - deya Mark Bullingem so‘zlaridan iqtibos keltirdi Daily Mail nashri.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 31.10.2023.
O'qildi: 1052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик