Londonning "Vest Xem" klubi o‘zining yetakchilaridan biri Maykl Antonio bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Football Insider nashri xabariga ko‘ra, poytaxt jamoasi futbolchini shartnomasidan keyin yana bir yil - 2025 yilning yozigacha saqlab qolmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Antonio 2015 yilning yozidan beri "bolg‘achilar" futbolchisi hisoblanadi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga yetadi. Hozir Antonioga Premyer-liganing boshqa klublari, shuningdek, Yaqin Sharq klublari qiziqish bildirmoqda.