Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Yorqin Nazarov: "Omadimiz kelmadi"

Yorqin Nazarov: "Omadimiz kelmadi"

Baho:
+ | -

Superliganing 24-turidan o‘rin olgan OKMK – “Turon” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi bahsdagi maqsadimiz kuchli raqibga munosib qarshilik ko‘rsatish edi. Bugun vodiydan Olmaliqqa 4 soat yo‘l yurib keldik, ammo qiyinchiliklarga qaramay, futbolchilar yomon harakat qilishmadi. Birinchi bo‘limda bir emas, 2-3 ta to‘p kiritsak bo‘lar edi. Ammo, bu – futbol. Biz vaziyatlarimizdan foydalana olmadik, ular foydalanishdi.

Mezbonlar burchak zarbasini yaxshi ijro etishi haqida shogirdlarimga ta’kidlagan edim. Shunga qaramay, stantdart vaziyatdan so‘ng darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Ligada qolish uchun nazariy imkoniyatlarimiz bor. So‘nggi turga qadar kurashamiz.

Musobaqa jadvalidagi o‘rnimizni yaxshilash uchun bizga g‘alaba zarur edi va shu sababli ilk daqiqalardan kuchli pressing amalga oshirdik, ammo omad bizdan yuz o‘girdi" - dedi Yorqin Nazarov.

Kiritildi: 20:39, 01.11.2023.
O'qildi: 1026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик