Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Tennis. Sisipas kanadalik raqibini yengib, «Masters»ning uchinchi bosqichiga yo‘l oldi

Tennis. Sisipas kanadalik raqibini yengib, «Masters»ning uchinchi bosqichiga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

«Katta dubulg‘a» turnirlarining ikki karra finalchisi, dunyoning oltinchi raketkasi gresiyalik Stefanos Sisipas Parijda (Fransiya) «Masters» turkumiga kiruvchi turnirning uchinchi bosqichiga yo‘l oldi.

Ikkinchi davra uchrashuvida Sisipas 6:3, 7:6 (7:4) hisobida jahonning 19-raketkasi, 23 yoshli kanadalik Feliks Oje-Alyassimni mag‘lub etdi. Kanadalik tennischi o‘tgan hafta Bazeldagi turnirni yutgan edi.

Tennis bahsi 1 soat 51 daqiqa davom etdi. Sisipas bir marta eys amalga oshirdi, ikkita qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘rtta breykpointdan ikkitasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Oje esa to‘qqizta eys, uchta qo‘sh xato va yettitadan bitta breykpointni amalga oshirdi. 

Parijdagi turnirning chorak finaliga chiqish uchun Sisipas Aleksandr Zverev (Germaniya, 10) – Ugo Xumbert (Fransiya) uchrashuvi g‘olibi bilan jang qiladi.

Kiritildi: 21:56, 01.11.2023.
O'qildi: 921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик