Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Jamshid Saidov: «Olimpik»ga qarshi muvaffaqiyatsiz o‘yindan keyin mazkur bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik»

Jamshid Saidov: «Olimpik»ga qarshi muvaffaqiyatsiz o‘yindan keyin mazkur bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik»

Baho:
+ | -

Superliganing 24-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" — "Andijon" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘yin haqida...
— Shogirdlarim uchrashuvning muhim ahamiyatga ega ekanligini anglab turishgandi. "Olimpik"ga qarshi muvaffaqiyatsiz o‘yindan keyin mazkur bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Yigitlar mas’uliyatni his qilib turishgandi hamda ko‘rsatmalar va o‘zlariga biriktirilgan vazifalarni bajardi, shu bois, ulardan juda minnatdorman.

— Hisob 3:0 ko‘rinishiga kelishini kutmaganmidingiz?
— Nima desam ekan, kutmagandim deya olmayman-u, faqat g‘alaba qozonishga umid qilgandim. Chunki yigitlar ruhan g‘alabaga tayyor edi.

— Akaki Shulaya diskvalifikasiyasining bekor qilinishi qanday sodir bo‘ldi?
— Akaki bizning hujumkor asosiy tarkib o‘yinchilaridan biri sanaladi. "Olimpik"ga qarshi o‘yindan so‘ng darhol apellyasiya berdik, chunki men ham uchrashuvni kuzatdim. Sariq kartochka ko‘rsatilishi bahsli holat edi. Xudoga shukr, apellyasiyada yutib chiqdik, bugun uning katta foydasi tegdi.

— Kuxianidzening jarohati jiddiy emasmi?
— Ochig‘ini aytsam, u bilan gaplashmadim. Georgiy jiddiy shikastlangan va mamlakatida davolanmoqda. Uning keyingi faoliyati qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Biz hali hech narsaga erishmadik, kurash davom etadi. Oldinda bizni ikkita o‘yin bizni kutib turibdi, maksimal darajada kurashamiz.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 21:30, 02.11.2023.
O'qildi: 1121 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик