«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem yoshlik paytida futbolni yoqtirmaganini aytib o‘tdi.
«Dastlab menga futbol yoqmagan. Bilaman, bu g‘alati. Chunki hozir meni futboldan mahrum etishsa, aqldan ozib qolsam kerak. Men mashg‘ulotga qatnab, gul va o‘tlarni to‘plagan holda kichik guldasta yasardim va uni onamga sovg‘a qilardim», – dedi Bellingem "L'Équipe" nashriga bergan intervyusida.