«Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi Gari Nevill jamoa hujumchisi Antoni Marsyalning o‘yinidan norozi bo‘lmoqda.
«Hujumchi Marsyal 50-70 million funt sterlingga xarid qilingandi. U to‘qqiz yilda 89 ta gol urdi. Ammo biz uni hamon klubdan haydamadik. Biz qattiqqo‘llik qilmayapmiz. Bu futbol bo‘limi ishining muvaffaqiyatsizligi hisoblanadi. Marsyal «MYU» hujum chizig‘ining yetakchisi bo‘lishi kerak emas», – dedi Nevill.