Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"So‘g‘diyona" ustozi: "Bugungi g‘alaba bizga ruhiy jihatdan yordam beradi"

"So‘g‘diyona" ustozi: "Bugungi g‘alaba bizga ruhiy jihatdan yordam beradi"

Baho:
+ | -

Superliganing 24-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Buxoro” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ushbu bahs biz uchun ham, “Buxoro” uchun ham muhim ahamiyat kasb etardi. Kutilmaganda juda ham qiyin vaziyatga tushib qolgan edik. So‘nggi natijalardan so‘ng futbolchilarda bosim yuzaga kelgan edi. Mag‘lub bo‘lgan uchrashuvlarimizda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatganmiz.

Bugun “Buxoro” yaxshi himoyalandi. Birinchi bo‘limda futbolchilar o‘zlaridan kutilgan o‘yinni ko‘rsata olishmadi. Bunday bosim ostida albatta qiyin. Shunga qaramay, harakat qilib, gol kirita oldik va darvozamiz daxlsizligini saqlashga erishdik. Ushbu g‘alaba bizga ruhiy jihatdan yordam beradi.

Oldinda yana ikki bellashuv bor. Nazariy jihatdan barcha jamoada ligada qolish uchun imkoniyat mavjud. So‘nggi pog‘onadagi jamoa ham istalgan raqibni mag‘lub etishi mumkin. “Buxoro” o‘tgan tur karvonboshiga qanday qarshilik ko‘rsatganligini barcha ko‘rdi. Yana xotirjamlikka berilishga haqqimiz yo‘q. Mavsumni yuqori notada yakunlashga intilamiz”, – dedi Boshkovich.

Kiritildi: 21:54, 04.11.2023.
O'qildi: 1533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик