Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko - RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

La liga. Ter Shtegen qahramonlik namoyish etgan o‘yinning so‘nggi soniyalarida «Barselona» g‘alabani ilib ketdi (videosharh)

La liga. Ter Shtegen qahramonlik namoyish etgan o‘yinning so‘nggi soniyalarida «Barselona» g‘alabani ilib ketdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida "Real Sosyedad" klubi o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qildi. Mezbonlar uchrashuvning dastlabki 2 daqiqasida juda xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Ammo Mark-Andre ter Shtegen mahorat namoyish etib, jamoasini gollardan qutqardi.

16-daqiqada ham Kubo tomonidan yo‘llangan zarbani "Barsa" darvozaboni bartaraf etdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa Gavi o‘z imkoniyatini yo‘qqa chiqardi. 32-daqiqada esa ter Shtegenning xatosi qimmatga tushishi mumkin edi. Qanotdan yo‘llangan zarbani germaniyalik posbon ushlab qola olmadi. Basklarning takroriy zarbasini himoyachilar bartaraf etishdi.

"Sosyedad" ikkinchi bo‘limda ham ustunlikka erishdi. Kubo esa jamoa o‘yinini boshqardi. "Barselona" esa saviyali hujum tashkil etishga qiynaldi. Xavi jamoasi nihoyat 90-daqiqaga kelib uyg‘ondi. Dastlab, Arauxo olis masofadan yo‘llagan kuchli zarbani Remiro qaytargan bo‘lsa, oradan 1 daqiqa o‘tib Gavi yakkama-yakka vaziyatda darvozabonni dog‘da qoldira olmadi. Yana Remiro qahramonga aylandi. 90+3-daqiqada esa Gyundoganning uzatmasidan keyin Arauxo bosh bilan darvozani zabt etdi. Hakamlar dastlab ofsayd tufayli golni bekor qilishdi, ammo VAR ofsayd yo‘qligini ta’kidlab, golni inobatga oldi.

Shu tariqa, "Barsa" yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrashuvi mumkin bo‘lgan o‘yinda g‘alabani ilib ketdi va o‘z ochkolarini 27 taga yetkazgan holda La liga jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Real Sosyedad" esa 19 ochko bilan 6-pog‘onaga tushib qoldi.

Ispaniya chempionati, 12-tur
Real Sosyedad – Barselona 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90+3 Arauxo.
Real Sosyedad – Remiro, Traore (Elustondo, 63), Le Norman, Subeldiya, Munyos, Mendes, Merino, Subimendi, Kubo, Oyarsabal (Fernandes, 84), Barrenechea (Cho, 79).
Barselona – ter Stegen, Joau Kanselu (Rafinya, 69), Martines, Kunde, Arauxo, Balde, Gyundogan, Gavi, Lopes (Ferran Torres, 57), Joau Feliks (Yamal, 69), Levandovski (Pedri, 57).
Ogohlantirishlar: Joau Feliks (49), Mendes (49), Martines (60), Subeldiya (74), Subimendi (84), Gavi (86).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:17, 05.11.2023.
O'qildi: 4975 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.