Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Messi Mbappe va Xolandning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini yuqori baholadi

Messi Mbappe va Xolandning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini yuqori baholadi

Baho:
+ | -

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Kilian Mbappe va Erling Xolandning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish istiqbollari haqida gapirdi.

30 oktyabr kuni Messi 8-"Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritib, “PSJ” va “Manchester Siti” hujumchilarini ortda qoldirdi.

"Tan olish kerakki, Xoland ajoyib mavsum o‘tkazdi. U juda ko‘p gol urdi, Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va "Manchester Siti" bilan treblga erishdi. Ishonchim komilki, u yaqin yillarda "Oltin to‘p" uchun muntazam kurashadigan futbolchilardan biri bo‘ladi. Agar u tez orada g‘alaba qozonsa, hayron bo‘lmayman.

Mbappega kelsak, bu taxminan bir xil: u mavsumni juda yaxshi o‘tkazdi, ayniqsa jahon chempionatini ajoyib o‘tkazdi, u o‘z gollari bilan biz uchun finalni deyarli barbod qildi. Nazarimda, bir necha bor aytganimdek u har yili sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri, chunki u shubhasiz, dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri", — dedi Messi L'Equipe bilan suhbatda.

Kiritildi: 10:58, 05.11.2023.
O'qildi: 1214 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик