Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Bouen: «Hozir gapirish foydasiz, maydonda nimadir o‘zgarishi kerak»

Bouen: «Hozir gapirish foydasiz, maydonda nimadir o‘zgarishi kerak»

Baho:
+ | -

Jarrod Bouen «Vest Xem Yunayted» tezda Premyer-ligadagi formasini tiklashi kerakligini tan oldi.

«Bolg‘achilar» shanba kuni «Brentford»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

«Bu haqiqatan ham umidsizlikka sabab bo‘ladi. Bizdan yomon o‘yin bo‘ldi.

Tanaffusdan so‘ng 2:1 hisobida oldinda bo‘lib maydonga qaytdik, ammo ikkinchi bo‘limda raqib uchun juda oson gollar bo‘ldi. Bunday gollarni o‘tkazib yuborganimizdan hafsalamiz pir bo‘ldi.

O‘ylashimcha, agar siz mehmonda ikkita gol ursangiz, bu o‘yindan nimanidir olishni kutasiz, biroq natijani ushlab qola olmadik.

Menimcha, hozir gapirish foydasiz, maydonda nimadir o‘zgarishi kerak», – dedi Bouen.

Kiritildi: 12:41, 05.11.2023.
O'qildi: 763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик