Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Benites: "VAR bo‘lmaganida 8-10 ochko ko‘proq jamg‘arishimiz mumkin edi"

Benites: "VAR bo‘lmaganida 8-10 ochko ko‘proq jamg‘arishimiz mumkin edi"

Baho:
+ | -

"Selta" bosh murabbiyi Rafael Benites VAR tizimi tamoyillarini tushunmasligini aytdi.

"VAR uchun raqibga ta’sir darajasini aniqlay oladigan fizik bo‘lishi kerak. Ajablanarlisi shundaki, VAR avvaliga penalti belgilanishi kerakligini aytadi va shundan keyingina aloqa darajasi aniqlanadi. Siz haqiqatan ham fizikni taklif qilishingiz kerak bo‘ladi. Bizda 8, 9 yoki hatto 10 ochko ko‘proq bo‘lishi mumkin edi. Biz bu vaziyatlarni muhokama qilamiz, chunki ofisdagi kimdir raqibning zarbasi intensivligini noto‘g‘ri baholagan. Men buni tushuna olmayapman, tushunib bo‘lmaydi", - dedi Benites Marca nashriga.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 noyabr kuni La Liga doirasida "Selta" bilan "Sevilya" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning 90+7-daqiqasida hakam avvaliga Andalusiya jamoasi darvozasiga penalti belgiladi, biroq epizodni ko‘rib, VAR qarorini o‘zgartirdi. O‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.

Kiritildi: 15:36, 05.11.2023.
O'qildi: 1117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик