"Rayo Valyekano" bosh murabbiyi Fransisko "Real" bilan safar uchrashuvi natijasi haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, kecha o‘yin 0:0 hisobida durang bilan yakunlangan edi.
"Biz Vinisius Junior va Jud Bellingem tez-tez hujum qiladigan maydonni yopish orqali o‘yinni nazorat qildik. Biz raqibni nazorat qildik. Luka Modrich bizga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan joy topishda yaxshi edi. Modrich almashtirilgandan keyin yaxshiroq o‘ynadik" - dedi Fransisko matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" ochko yo‘qotish orqali “Jirona”ga ikki ochko farqi bilan La Liganing yakka peshqadami bo‘lishiga imkon berdi.