"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner o‘tgan yozda "Tottenxem"dan Tomas Tuxel jamoasiga qo‘shilgan myunxenliklar hujumchisi Xarri Keynni maqtadi.
"Xarri bilan shartnoma imzolaganimizda, klubdagilarning barchasi u bizga yordam berishiga umid qilishgan. Bizga toza "to‘qqizlik" kerak edi. Keyn dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri, buni yillar davomida isbotlagan. Uning hozir "Bavariya"da o‘ynashi o‘zgacha", — dedi Xayner Magenta TVga.
Eslatib o‘tamiz, Keyn Bundesliganing so‘nggi turida Dortmundning "Borussiya" jamoasiga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi. Angliyalik futbolchi chempionatning 10 ta uchrashuvida 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.