Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Jamoliddin Rahmatullayev: «Bizni Maliga qarshi ajoyib o‘yin kutib turibdi»

Jamoliddin Rahmatullayev: «Bizni Maliga qarshi ajoyib o‘yin kutib turibdi»

Baho:
+ | -

10 noyabr kuni Indoneziyada o‘smirlar (U17) o‘rtasida jahon chempionati start oladi. O‘zbekiston U17 terma jamoasi shu kuni Maliga qarshi ilk uchrashuvni o‘tkazadi. Jamoamiz bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev musobaqa oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Musobaqaga tayyorgarligimiz ayni avjiga kirgan, tayyorganlikning so‘nggi bosqichini o‘tayapmiz. Jamoadagi barcha buni his qilib turibdi. Katta yo‘lni bosgan holda turnirga yaxshi holatda kelyapmiz.

Musobaqada birinchi o‘yin hamisha muhim hisoblanadi. Shuning uchun hozirda barcha e’tiborimizni Maliga qarshi bo‘ladigan ilk bahsimizga qaratganmiz.

Jahon chempionatiga dunyoning eng kuchli jamoalari keladi. Ular orasida biz ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, nimalarga qodir ekanimizni ko‘rsatgan holda sovrinli o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilganmiz.

Osiyo jamoalariga to‘xtaladigan bo‘lsam, mezbon Indoneziya o‘z raqiblariga syurpriz tayyorlab qo‘ygan bo‘lsa kerak. Qit’amizning qolgan jamoalari ham o‘z o‘yin uslubiga ega bo‘lgan jamoalar hisoblanadi. Osiyo jamoalari har raqibga yetarli qarshilik ko‘rsata deb o‘ylayman.

Birinchi raqibimiz Mali haqida yetarli ma’lumotga egamiz. Uning kamchilik va ustun tomonlarini o‘rganib chiqdik. Shunga qarab o‘z taktikamizni tuzib chiqyapmiz. Bizni ajoyib o‘yin kutib turibdi", — dedi Rahmatullayev O‘FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:15, 07.11.2023.
O'qildi: 3755 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.