"Yuventus" himoyachisi Daniele Rugani klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Ta’kidlanishicha, u jamoada qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor. Hozir u yiliga 3 million yevro oladi. "Yuventus" uning o‘yinidan mamnun.
29 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsumda “Yuventus” safida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchini 2 million yevroga baholamoqda.