Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

O‘zbekiston kubogi finali uchun chiptalar bugun sotuvga chiqadi

O‘zbekiston kubogi finali uchun chiptalar bugun sotuvga chiqadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

12 noyabr kuni Qarshidagi «Markaziy» stadionida 2023 yilgi O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 2024/25 yilgi mavsum xalqaro maydonda mamlakat sharafini himoya qilish huquqini taqdim etuvchi final o‘yinida «Nasaf» hamda OKMK jamoalari saf tortadi.

Final uchun chiptalar 8 noyabr — chorshanba kunidan boshlab elektron sotuvga chiqariladi. Bu borada Liga iTicket bilan hamkorlik qiladi. 10 noyabr — juma kunidan e’tiboran «Markaziy» stadion kassalarida sotuv boshlanadi.

Chiptalar 4 toifaga ajratilgan bo‘lib, CIP sektor uchun chipta narxi 100 ming so‘mni tashkil qiladi. Mos ravishda 1-2 sektor chiptalari 50 ming so‘mdan, 6-7-8 sektor chiptalari 40 ming so‘mdan, qolgan barcha sektorlar uchun chipta 30 ming so‘mdan sotuvga chiqadi.

Chipta savdosi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida futbol muxlislaridan chiptada ko‘rsatilgan maxsus belgilarni suratga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etmaslik yoki nusxa ko‘chirish uchun boshqa shaxslarga bermaslik so‘raladi. Sababi maxsus belgi bilan stadionga faqatgina bir marta kirish mumkin bo‘lib, qolgan xuddi shunday belgili chipta egalari stadion hududiga kira olmaydi.

OKMK klubiga muxlislik qiluvchilarga 4-sektordan chipta xarid qilish tavsiya etiladi. «Markaziy» stadionga kirish huquqini beruvchi yillik abonement yoki shu kabi akkreditasiyalar bilan stadionga kirish mumkin emas. Boisi bellashuv mezboni biror futbol klubi emas, O‘zbekiston Professional futbol ligasi hisoblanadi.

Chipta xarid qilish istagida bo‘lgan korxona va tashkilotlar bevosita iTicket bilan bog‘lanishlari mumkin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 09:14, 08.11.2023.
O'qildi: 2121 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик