Eduardo Kamavinga «Real» bilan shartnomasini uzaytirishi haqida gapirdi.
Fransiyalik yarim himoyachining Madrid klubi bilan yangi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
«Shartnomamni uzaytirganimdan juda faxrlanaman. Dunyoning eng zo‘ri bo‘lgan bu klubda har kuni ajoyib o‘yinchilar bilan birga qolib, mashg‘ulot o‘tkazish orzuimdir.
«Real Madrid» - bu orzu, bu mening hayotim. Bolaligimdan bu yerda o‘ynashni xohlardim va endi bu haqiqatga aylandi. «Real Madrid»da qolib, «Bernabeu»dek afsonaviy stadionda o‘ynaganimdan juda faxrlanaman», – dedi Kamavinga.