Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

"Liverpul" joriy mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

"Liverpul" joriy mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Baho:
+ | -

Payshanba oqshomida "Liverpul" UYEFA Yevropa ligasi doirasida "Tuluza" maydoniga tashrif buyurdi. “Qizillar” fransiyalik raqibiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa, "Liverpul" joriy mavsumdagi rasmiy o‘yinlardagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Avvalroq Yurgen Klopp jamoasi mavsumdagi yagona mag‘lubiyatini 30 sentyabr kuni "Tottenxem"ga qarshi safarda (1:2) qabul qilib olgandi.

Guruh bosqichining to‘rt turidan keyin “Liverpul” 9 ochko bilan "E" guruhida hamon birinchi o‘rinda bormoqda. “Tuluza” 7 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Uchinchi o‘rinni Belgiyaning "Union" jamoasii egallab turibdi - 4 ochko, Avstriyaning LASK jamoasi esa oxirgi o‘rinda - 3 ochko.

Kiritildi: 07:41, 10.11.2023.
O'qildi: 2008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.