Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid - Betis
11/01 22:00 Torino - Yuventus
11/01 22:30 Espanyol - Leganes
12/01 00:45 Milan - Kalyari
12/01 01:00 Sevilya - Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma

Devid Bekxem nima uchun har-xil klublarda turli raqamlardan foydalangan?

Devid Bekxem nima uchun har-xil klublarda turli raqamlardan foydalangan?

Baho:
+ | -

Bekxem nomi yettinchi raqamli futbolka bilan yonma-yon keladi. Ammo afsonaviy futbolchi doim ham yettinchi raqamda harakat qilmagan. Bekxem 21 yillik faoliyati davomida jami beshta yirik jamoalar sharafini himoya qilib, turlicha raqamlarni taqqan. Masalan, "Real" va "LA Gelaksi" uchun Bekxem 23 raqamni, "Milan" va "PSJ"da esa 32 raqamni olgan. Quyida buning sabablariga to‘xtalamiz.

Nega Bekxem "MYU"da 7 raqamdan foydalangan?

Bekxem "MYU"da porlay boshlaganida 10 raqamni oladi. 21 yoshli hujumchi 1996 yilni 12 ta gol bilan yakunlaydi. Yangi mavsum oldidan esa Fergyuson undan o‘ninchi raqamni olib qo‘yib, uni yangi xarid bo‘lgan Teddi Sheringemga beradi. Bu haqida Bekxemning o‘zi shunday deydi: "Eng yaxshi mavsumimni o‘tkazganimga qaramasdan, mendan o‘ninchi raqam olib qo‘yildi. Ta’tildan qaytgach esa, bosh murabbiy menga bundan keyin yettinchi raqamda o‘ynashimni aytdi".

Nega Bekxem "Real" va "LA Gelaksi"da 23 raqamdan foydalangan?

2003 yilda Bekxem "Real"ga keladi. Bu paytgacha u dunyoga mashhur bo‘lib ulgurgan edi. U Madridda yettinchi raqamni ololmasdi. Negaki, unga Raul egalik qilgan.
"Men hattoki, bu raqamni olaman deb o‘ylab ham ko‘rmaganman. Men jamoadan qaysi raqamni olsam bo‘ladi deb so‘raganimda, ular mavjud raqamlarni aytishgan. Men yoshligimdan Maykl Jordanni muxlisi edim. Shu sababli 23 raqamni tanlab oldim. Hatto, Amerikaga ketganimda ham 23 raqamni tashlamadim. Bu meni Jordan bilan bog‘liq ekanimning nishonasi edi", – deb eslaydi Bekxem.

Nega Bekxem "Milan" va "PSJ"da 32 raqamdan foydalangan?

2009-2010 yilgi mavsumni Devid Bekxem "Milan"da, ijara asosida o‘tkazishga qaror qiladi. Ammo bu yerda ham futbolchi "Real"dagi muammolarga duch keladi. Yettinchi raqam Aleksandr Patoda bo‘lsa, 23ga Massimo Ambrozini egalik qilardi. Bu haqida Bekxemning o‘zi shunday deydi: "Men "Milan"ga kelganimda 23 raqam band edi. Yettinchi raqam haqida gapirmasam ham bo‘ladi. Men yana bir basketbolchi Mejik Jonsonni yaxshi ko‘rardim. Shu sabab uning 32 raqamini tanlab qo‘ya qoldim".
2013 yildan boshlab bir muddat Bekxem "PSJ"da harakat qilgan. Parijda ham 7 va 23 raqamlar band ekani sababli, 32 raqam Bekxem uchun tanlovga aylanadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 12:15, 10.11.2023.
O'qildi: 1689 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.