Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Fenerbaxche" 21 o‘yinlik g‘alabali seriyadan so‘ng ketma-ket 2 o‘yinda yengildi

"Fenerbaxche" 21 o‘yinlik g‘alabali seriyadan so‘ng ketma-ket 2 o‘yinda yengildi

Baho:
+ | -

Istanbulning “Fenerbaxche” klubi kecha Konferensiyalar ligasida Bolgariyaning “Ludogores” jamoasiga imkoniyatni boy berdi – 0:2. Shu tariqa turk grandi joriy mavsumda yevrokuboklardagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Qizig‘i shundaki, bu "Fener" uchun 4-noyabrdan beri ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatli o‘yin - shu kuni jamoa Turkiya chempionati doirasida o‘z uyida "Trabzonspor"ga mag‘lub bo‘ldi - 2:3. Ammo bundan ham ajablanarlisi shundaki, bundan oldin "Fenerbaxche" ketma-ket 21 ta rasmiy o‘yinda g‘alaba qozongan - bu seriya o‘tgan mavsum oxirida boshlangan - 7 iyunda.

Kelayotgan dam olish kunlari “Fenerbaxche”ni Turkiya Superligasi doirasidagi uy uchrashuvida qiyin raqib – “Adana Demirspor” kutib turibdi. Uchrashuv 12 noyabrga belgilangan. Istanbulliklar hisobida 30 ochko bor va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Galatasaroy” 31 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. “Adana Demirspor” 21 ochko bilan uchinchi o‘rinda joylashgan.

Kiritildi: 15:21, 10.11.2023.
O'qildi: 845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик