Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

Eddi Xau "Nyukasl"ga kelganidan beri turnir jadvali qanday o‘zgardi? "MYU" va "Chelsi"ning ahvoli ancha chatoq

Eddi Xau "Nyukasl"ga kelganidan beri turnir jadvali qanday o‘zgardi? "MYU" va "Chelsi"ning ahvoli ancha chatoq

Baho:
+ | -

Eddi Xau 2021 yilning noyabr oyida ishdan olinayotgan Stiv Bryus o‘rniga olib kelinadi. Shundan beri ikki yil o‘tdi. Ingliz mutaxassisi "qarg‘alar" bilan katta o‘sishga erisha oldi. Buni uning natijalaridan ham bilib olish qiyin emas.
Xau kelganida jamoaning ahvoli og‘ir, "Nyukasl" 19 o‘rinda omon qolish uchun kurashayotgandi. Mavsum oxiriga qadar klub 11 o‘ringacha ko‘tarilib, 2021-22 yilgi mavsumni 49 ochko bilan yakunlaydi. Ahvol o‘sha paytda qanchalik og‘ir ekanini yanada yaxshiroq tasavvur qilish uchun statistika keltiramiz. Bryus noyabrda ishdan ketguniga qadar 11 ta turda birorta g‘alabaga erishmaydi. Xau kelganidan keyin, dastlabki uchta o‘yin ham g‘alabasiz yakunlanadi. APL tarixida hech bir klub 14 ta turda birorta g‘alabaga erishmay turib, turnirda jon saqlab qola olmagandi. "Nyukasl" va Xau bu ishni uddalagan ilk hamkorlarga aylandi.

44 yoshli mutaxassisning natija qayd etishiga, boshida ancha vaqt ketdi. Masalan, u dastlabki 9 ta turda faqat 1 ta g‘alaba qayd etdi. U ham bo‘lsa, "Byornli"ga qarshi edi. Yangi, 2022 yilni "Nyukasl" shu yo‘sinda, 19 ta turda 11 ochko bilan, 19 o‘rinda kutib oldi. Ikkinchi davra esa ko‘p narsani o‘zgartirdi. O‘tgan mavsumni, aytmasa ham bo‘ladi. Aynan Xau "Nyukasl"ni 20 yil ichida ilk bor YECHLga olib chiqdi. Albatta, bularning o‘zi shunchaki yuz bermaydi. Klubni yaxshi tomonga o‘zgarishi, eng avvalo, yangi rahbariyat bilan bog‘liq. Saudiyaliklar kelganidan keyin transferlar uchun katta mablag‘ ajratila boshlandi. Futbolchilar maoshi ham oshirildi. Poup, Trippyer  Gimaraynsh, Isak kabi yulduzlar olib kelindi. Avvaldan jamoada bo‘lib kelgan Joyelinton, Almiron va Sherlar Eddi Xau ko‘magida faqat yaxshi tomonga o‘zgardi.

Xo‘sh, shuncha ishlarni amalga oshirib kelayotgan Eddi Xau janoblari davrida APL jadvali qanday o‘zgardi? Biz quyida so‘nggi ikki yildagi umumiy turnir jadvalini taqdim etamiz. Ta’kidlash joizki, garchand dastlabki o‘yinlarda muvaffaqiyat qozona olmagan bo‘lsada, Eddi Xau bu davr mobaynida "MYU" va "Chelsi"dan yaxshiroq natija qayd etishga erishdi.
Quyida 2 yil ichida APLda bo‘lib turgan 14 ta klub nomi keltirilgan. Ularning hammasi 76 tadan o‘yin o‘tkazgan.


1. "Manchester Siti" – 186 ochko
2. "Liverpul" – 161 ochko
3. "Arsenal" – 157 ochko
4. "Tottenxem" – 141 ochko
5. "Nyukasl" – 135 ochko
6. "MYU" – 134 ochko
7. "Aston Villa" – 118 ochko
8. "Brayton" – 114 ochko
9. "Brentford" – 109 ochko
10. "Chelsi" – 107 ochko
11. Kristal Pelas" – 93 ochko
12. "Vulvz" – 88 ochko
13. "Vest Xem" – 87 ochko
14. "Everton" – 71 ochko.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:01, 10.11.2023.
O'qildi: 1742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.