Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yosharayotgan va yashnayotgan «binafsharanglilar»

Yosharayotgan va yashnayotgan «binafsharanglilar»

Baho:
+ | -

«Fiorentina» terma jamoalar o‘yinlari uchun ajratilgan oktyabrdagi qisqa tanaffusga amaldagi chempion ustidan ishonchli g‘alabaga (3:1) erishgan holda yo‘l olgandi

«Binafsharanglilar» mavsumni muvaffaqiyatli boshladilar, YECHL hududidan joy olgan holda bir necha yil avval boshlangan o‘zgarishlar samarasini namoyish etmoqdalar.

Yevrokuboklar  hududiga Vinchenso Italyano olib chiqdi

2021|22 yillar mavsumiga qadar jamoa «A» seriyasi o‘rtamiyonalari safida bo‘lib, ko‘pincha elitada qolish uchun kurashardi. 2021 yil yozida avvalroq «Spesiya»ni elitaga qaytargan Vinchenso Italyano bosh murabbiy lavozimiga tayinlangach, vaziyat o‘zgara boshladi. Vaholanki, dastlabki transfer darchasida klub rahbariyati bir nechta o‘yinchilarni sotib yuborishgan, asosiy tarkibga atigi 2 nafar futbolchini xarid qilishgandi. Shunga qaramasdan, «binafsharanglilar» mavsumni muvaffaqiyatli boshlab, 7-o‘rinda yakunladilar va KL yo‘llanmasiga ega bo‘ldilar. Aynan shu bosqichda Italyano shogirdlaridagi qudrat va qat’iyat bo‘y ko‘rsata boshladi. Jamoa o‘shanda ham joriy mavsumdagidek Neapoldan g‘alaba qilan qaytgan, «Inter»­dan ochko tortib olgan, «Milan»ga munosib qarshilik ko‘rsatgan, uyda esa «Yuventus», «Roma» va «Atalanta»ni mahv etgandi.

O‘tgan mavsumda  Qat’iyat bilan  mo‘’jiza ko‘rsatdi

Navbatdagi mavsumda «Fiorentina» oldida o‘ta jiddiy vazifa turardi - zabt etilgan cho‘qqini boy bermagan holda ikkita frontda kurash olib borish. Qo‘shimchasiga, tarkib qiymati jihatidan «A» seriyasida 8-ko‘rsatkichga ega bo‘lgan Florensiya klubi yangi kuchlarga muhtoj edi. Amalda esa yozda Federiko Kyezani «Yuventus»ga sotib yuborib, xarid uchun 23 million sarfladi, xolos. O‘tgan mavsumning ilk bosqichida «binafsharanglilar» omadsizlikka yuz tutib, turnir jadvalining ikkinchi yarmiga tushib ketishdi. Lekin uning o‘rnini yevrokubok musobaqasidagi zafar bilan to‘ldirishdi. Italyano shogirdlari guruhdan chiqishdi, pley-off bosqichining dastlabki bellashuvlarida «Braga» va «Sivasspor»ni tor-mor etishdi. Shu bilan birgalikda ichki chempionatda yana yevrokuboklar hududiga intilib, 23-turdan boshlab 8ta uchrashuvni mag‘lubiyatsiz o‘tkazishdi.

Shu tariqa jamoa murosasiz bahslarda toblanib bordi va 2 front 3taga aylandi. Ya’ni, jamoa Italiya Kubogi turnirida ham finalga yaqinlashib qolgandi. Endi zaxira o‘rindig‘i qisqa bo‘lgan «Fiorentina» yevrokubok turniridagi ishtirokini davom ettirishi uchun ulardan birini tanlashi kerak edi. Lekin muvaffaqiyatga hech qanday kafolat yo‘q edi. Jamoani KLda APL vakili «Vest Xem», Italiya Kubogi finalida YECHL finalchisi «Inter» kutayotgandi. Ichki chempionatda esa «Yuventus», «Roma» va «Atalanta» ancha ilgarilab ketishgandi. Yakunda «binafsharanglilar» 2ta front bellashish oqibatida navbatdagi KL turniri yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadilar. Ularning baxtiga, sanksiyalar tufayli «Yuventus»ga berilmagan yo‘llanma undan keyingi o‘rindagi «binafsharanglilar»ga nasib etdi.

Yozgi yo‘qotishlarga pisand qilmasdan

O‘sha pallada «Fiorentina» yozgi transfer darchasini yo‘qotishlarsiz o‘tkaza olmaydigan vaziyatga tushib qolgandi. Chunki nomdor raqiblarga munosib qarshilik ko‘rsatish uchun yetarli vositalarga ega emasdi. Shu sababli jamoaning eng yaxshi to‘purari Artur Kabralni 20 mln. yevro evaziga «Benfika»ga sotib yubordi. Asosiy markaziy himoyachi «Brayton»ga, tajribali tayanch yarim himoyachisi Sofyan Amrabat esa «MYU»ga yo‘l oldilar. Aleks Terzichning ketishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi.

Maydon markazidagi ijrochilar tanqisligini jamoa ijara evaziga to‘ldirishni lozim topdi. Shu maqsadda «Sassuolo»dan tayanch yarim himoyachisi Maksim Lopes olib kelindi, «Yuventus»dan braziliyalik Artur ijaraga olindi, «Rosario»dan esa 20 yoshli xavbek Jino Infantino xarid qilindi.

Oldingi chiziqda raqobatni kuchaytirish maqsadida jamoa Mbala N~Zola va Lukas Beltranni taklif etdi, chap qanotni esa 22 yoshli Fabiano Parisi bilan to‘ldirdi.

Yangi parvoz  poydevori  tiklanmoqda

Garchi amaldagi kadrlar siyosati bilan bunga erishish oson bo‘lmasada, aftidan, «binafsharanglilar» yaqin kelajakda yanada samarali o‘yin namoyish etadigan navqiron jamoani shakllantirayotgandek. Bu esa ichki chempionatda yanada yuqori o‘rinlarga ko‘tarilish imkoniyatini beradi. 22 yoshli Beltran va Parisilar, 20 yoshli Infantino ana shu porloq kelajak vorislari bo‘lsalar, ajabmas. Shu tariqa jamoa toplar safiga ko‘tarilish bilan birgalikda yosh iqtidorlarni ovoza qilishni ham bajaradi.

Hozir jamoani tark etgan Artur o‘rnida 25 yoshli argentinalik Nikolas Gonsales maydonga tushmoqda, faxriy Bonaventura esa undan ortda qolmaslikka intilmoqda. Hozir Nikolas hisobida 5ta gol bor, «qariya» hisobida esa bitta kamroq.

Olis mavsum davomida har qanday jamoa o‘yinida pasayishlar yuz berishi mumkin. Biroq «binafsharanglilar»ning hozirgi holati va ruhiyati yomon emas. Jumladan, jamoa KL guruh bosqichining dastlabki 3-turidan keyin «Ferensvarosh» va «Genk» bilan bir xil - 5tadan ochkoga ega.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:01, 10.11.2023.
O'qildi: 1514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.