Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

2023 yilning eng yaxshi to‘purarlari ma’lum bo‘ldi: Ronaldu Keyndan yaxshiroq natijaga ega va boshqalar

2023 yilning eng yaxshi to‘purarlari ma’lum bo‘ldi: Ronaldu Keyndan yaxshiroq natijaga ega va boshqalar

Baho:
+ | -

Bir kalendar yilida eng ko‘p gol urgan futbolchilarni hisoblash, mavsumiysidan farq qiladi. Bunda siz kutilmagan nomlarga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Yil tugashiga bir nechta oy qoldi. Biz esa so‘nggi 11 oydagi eng yaxshi hujumchilarni aniqlaymiz. Demak, quyida ular bilan tanishasiz.

10. Mauro Ikardi — 31 ta gol

Ikardi o‘zini turk futbolida qaytadan kashf qildi. "PSJ"dagi qiyin davrdan keyin, argentinalik "Galatasaray" bilan fantastik harakat qilmoqda. Ikardining ushbu ro‘yxatdagi boshqa futbolchilardan farqi shundaki, u 31 ta golni faqat klub miqyosidagi bahslarda kiritgan. Negaki, hujumchi Argentina terma jamoasiga chaqirilmayotir.

9. Lautaro Martines – 31 ta gol

Yana bir argentinalik hujumchi bu Martinesdir. 26 yoshli futbolchi bu kalendar yilida 31 ta gol urdi. Jahon chempioni yangi mavsumda ham A seriya yetakchisi bo‘lib turibdi. Uning hisobida hozirda 10 ta gol mavjud.

8. Viktor Osimxen – 32 ta gol

Hozir Osimxen kabi ko‘plab mish-mishlarga sabab bo‘layotgan futbolchilarni topish qiyin. "Napoli" hujumchisi o‘tgan mavsumdagi natijalari bilan o‘z jamoasini chempion qilgandi. Hozir ham nigeriyalik yaxshi sport formasida bo‘lib turibdi. Osimxen bu yilda 32 ta gol urib, ko‘plab klublarning ko‘zini o‘ynatdi. Hozirda u uchun da’vogarlar anchagina.

7. Ugo Kyoypers – 32 ta gol

2023 yil davomida Kyoypers yaxshi harakat qildi. "Gent" hujumchisining ishlari yaxshi. U 32 ta gol urishga erishdi. Qahramonimiz o‘tgan mavsumda Belgiyaning eng yaxshi to‘purari deb topilgandi. Hozir ham u o‘z ishini davom ettirmoqda.

6. Kilian Mbappe – 35 ta gol

Messi hamda Neymarning yo‘qligi Mbappega "PSJ"dagi dominantlikni butunlay olib berdi. Dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan hujumchi 2023 yilda 35 ta gol urishga erishdi. Mbappening assistlari ham anchagina. 24 yoshli futbolchi besh yildan beri ketma-ket Liga 1 ning "oltin butsa"siga ega chiqib kelmoqda.

5. Xerman Kano – 35 ta gol

Ushbu ro‘yxatimizga asosan Yevropa futboli yulduzlari kiritilayotgan bir paytda, Braziliya chempionati vakili ham paydo bo‘ldi. Kano "Fluminense" bilan katta ishlarni bajarib, qit’a chempionligiga erishdi. 35 yoshli markaziy hujumchi 35 ta gol bilan muhim figuraga aylangan. Argentina terma jamoasi Kanoni chaqirishi kerak ko‘rinadi.

4. Barnabash Varga – 38 ta gol

O‘tgan mavsumga qadar Varga bir mavsumda uzog‘i bilan 15 ta gol urardi. Ammo 2023 yilda bu trend o‘zgardi. Vengriya chempioni bo‘lgan "Ferensvarosh" bilan Varganing ishlari hozir joyida. Xarholda, 38 ta golni yomon deb bo‘lmaydi.

3. Xarri Keyn – 40 ta gol

Keynning "Tottenxem"dan ketishi aniq edi. "Bavariya" esa 30 yoshli hujumchi bilan yanada kuchayib oldi. Hozirga qadar u 19 ta golni nemis klubi foydasi uchun kiritdi. Qolaversa, Keyn xalqaro darajada ham bir xil harakat qiladi. 40 ta goldan 8 tasi Angliya terma jamoasi safida rasmiylashtirilgani buni isbot etadi.

2. Krishtianu Ronaldu – 44 ta gol

Ha, Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida harakat qilyapti. Bu joy uning darajasi uchun emasdek ko‘rinadi. Ammo 38 yoshida 44 ta gol urish, hammasi Ronalduning o‘ziga bog‘liqligidan darakdir. Yaqingacha Ronaldu bu ro‘yxatda yetakchi edi. Bir yilda shuncha gol – dahshat!

1. Erling Xoland – 46 ta gol

Norvegiyalik gol mashinasi o‘tgan mavsum oldidan chiqqan har qanday rekordlarni butunlay buzib tashladi. Xoland sababli "Manchester Siti" uchta sovrinni birdaniga yutishga erishdi. Yil yangilanganidan beri Xoland 46 ta gol urdi. Hali ikki oy ichida bu son yanada oshadi. Mahluq – unga boshqa ta’rif yo‘q...

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 13:17, 11.11.2023.
O'qildi: 5022 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.