"Inter" va "Everton" bir futbolchi uchun kurashadi. Xabarlarga ko‘ra, "Borussiya Myunxengladbax" hujumchisi Vinsli Boteli katta klublar radariga tushgan.
17 yoshli futbolchi yaqindagina asosiy jamoada porlay boshlagan edi. U uchun kamida 20 million yevro so‘ralishi aytilgan. Botelining amaldagi bitimi 2027 yilda yakun topadi.