Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Erik ten Xag "qizil iblislar" boshchiligida qayd etgan natijasiga munosabat bildirdi

Erik ten Xag "qizil iblislar" boshchiligida qayd etgan natijasiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag APLda 30 ta g‘alaba qozonish bo‘yicha rekord o‘rnatganiga munosabat bildirdi.

"30 g‘alaba - bu yaxshi yutuq, lekin men nishonlamayman. Boshqa tashvishlarim bor. Hozir eng muhimi shundaki, biz bu mavsumda har doim ham yaxshi o‘ynamayapmiz.

Rivojlanayotganimizni ko‘rdingiz. Kopengagenda ham, “Luton”ga qarshi o‘yinda ham ko‘plab vaziyatlar yaratdik. O‘ylaymanki, bu biz xohlagan joydan unchalik uzoq emasligimizga ishonch beradi. Shu bois ishonchim komilki, biz bu jamoa qodir bo‘lgan juda yaxshi futbol o‘ynay boshlasak, kuchli to‘rtlikdan joy olish uchun kurashamiz.

Bizning jamoamiz tez-tez o‘zgarishi va sharoitga moslashishi kerak. Lekin biz sur’atni oshirib, o‘yinimizni va natijalarimizni yaxshilayapmiz. Biz ligadagi so‘nggi besh o‘yinimizning to‘rttasida g‘alaba qozondik va Premyer-ligada g‘alaba qozonish oson emas, chunki bu har doim qiyin kurash. Men bundan xursandman. Bu biz to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimizdan dalolatdir", - dedi Erik ten Xag "Manchester Yunayted" rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar" o‘tgan mavsumda Premyer-ligani uchinchi o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, hozirda oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 22:23, 13.11.2023.
O'qildi: 1849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик