Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xyoylund APLda golli vaziyatlardan foydalana olmaslik bo‘yicha peshqadam

Xyoylund APLda golli vaziyatlardan foydalana olmaslik bo‘yicha peshqadam

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xyoylund Angliya Premyer-ligasi o‘yinlarida jiddiy muammolarga duch kelmoqda.

20 yoshli futbolchi chempionatning to‘qqizta uchrashuvida biror marta ham gol ura olmagan. Whoscored statistik portali ta’kidlaganidek, bugungi kunda daniyalik Yevropaning top-5 ligasidagi barcha o‘yinchilar orasida gol urish imkoniyatlarini ko‘kka sovurish bo‘yicha eng yomon natijani ko‘rsatmoqda - sakkizta "katta" imkoniyatdan daniyalik birortasida foydalana olmagan.

Shu bilan birga, qiziq tomoni, Chempionlar ligasida forvard bunday imkoniyatlarning 80 foizini (to‘rtta o‘yinda beshta gol) amalga oshirdi - bu turnirdagi ikkinchi ko‘rsatkich.

Eslatib o‘tamiz, Rasmus o‘tgan yozda “Atalanta”dan 75 million yevro evaziga “Manchester Yunayted”ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 07:51, 14.11.2023.
O'qildi: 1331 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.