Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Valverde: «Real»ga kelganimda, o‘zimni Messi va Krishtianuning iqtidorlarini mujassamlagan o‘yinchi sifatida tasavvur qilardim»

Valverde: «Real»ga kelganimda, o‘zimni Messi va Krishtianuning iqtidorlarini mujassamlagan o‘yinchi sifatida tasavvur qilardim»

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde "Qirollik klubi" safidagi ilk mashg‘ulotlarini yodga oldi.

«O‘zingizni mening o‘rnimga qo‘yib ko‘ring. Siz 17 yoshdasiz. Ikki yil avval siz yerda, yig‘ma karovatda uxlardingiz. Endi esa "Real" bilan shartnoma imzolayapsiz. Qanday qilib osmonlarda uchmaslik mumkin? Madridga ilk marta kelganimda o‘zimni Messi va Krishtianuning iqtidorlarini mujassamlagan o‘yinchi sifatida tasavvur qilardim. Jiddiy aytyapman! Ammo 17 yoshlik paytingda qanchalar ahmoq bo‘lishingni tasavvur qila olmaysan. Ayniqsa, ozgina pul berib, biroz maqtashsa, o‘zingdan ketib qolasan. Bu giyohvand moddaga o‘xshaydi.

Ammo tezda o‘zimga kelib oldim. «Real Madrid Kastilya»ning ilk mashg‘ulotiga osmonlarda yurgandek keldim. O‘zimga bo‘lgan ishonch juda yuqori edi. Mashg‘ulot haqida deyarli hech narsani eslay olmayman. Keyin esa barcha kiyina boshlaganini eslayman. Atrofga qaradim, tahlil qildim va futbolchilar qanday kiyim kiyganini anglay boshladim.

"Gucci" kamarlari, "Nike"ning yangi formalari, "Louis Vuitton" sumkalari. Unutmang, axir ular hech qanday afsona emas, Benzema, Modrich yoki Marselo emas, shunchaki yosh bolalar! Meni chaqmoq urgandek o‘zimga keltirib qo‘ydi. Axir men bor-yo‘g‘i 2 yevro turadigan futbolka kiyardim. "Zara" men uchun qimmatlik qilardi. Agar Urugvayda "Zara" kiyimini kiygan bo‘lsang, demak, sen zo‘rsan. Atrofga qarayapman, yigitlar taqib olgan soatning narxi ota-onamning uyidan qimmat edi. O‘shanda men anglab yetganman: Fede, sen hech kim emassman!

Men esa iflos bo‘lgan formada o‘tiribman, hattoki butsalarni ham yechmaganman. Barcha yuvinish uchun dushga kirib ketyapti va ular "Gucci" brendidagi ich kiyimni kiyib olishgan. Men esa xavotir bilan o‘ylayapman: ishqilib ich kiyimim yirtiq bo‘lmasinda... Xudoga yolvorib so‘rayapmanki, onamni ich kiyimimni tekshirgan bo‘lsin. Men telefonda muhim narsani o‘qiyotgandek 20 minut o‘tirdim. Shunchaki vaqtni cho‘zdim. Yigitlar menga qarab: «Ahvoling yaxshimi, nima bo‘ldi?», deya gapirishdi.

O‘zimni ojiz his qilgandim. Barcha ketishini kutib o‘tirdim va shundan so‘ng kiyinib tashqariga chiqdim. O‘sha kuniyoq H&M do‘koniga borib, 10 dona eng yaxshi ich kiyimlardan sotib olgandim. O‘sha kuni o‘zimga: «O‘zingni kim deb tasavvur qilyapsan? Axir bu «Real Madrid». O‘zingni Krishtianu deb tasavvur qilyapsanmi? Sen hech qanday Krishtianu emassan!», degandim», — dedi Valverde "The Players' Tribune"ga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:59, 15.11.2023.
O'qildi: 1647 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.